Mavzu: O‘zbekistonda moliyaviy nazoratning rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning xususiyatlari Reja


Ichki audit xizmati tashkil etish uchun belgilangan talablar


Download 90.84 Kb.
bet4/6
Sana14.05.2023
Hajmi90.84 Kb.
#1460516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
feraaaaaaaaa

Ichki audit xizmati tashkil etish uchun belgilangan talablar



Korxona aktivlarining balans qiymati

Sertifikatlangan auditorlar soni

1.

1 mldr so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha

kamida 2 nafar

2.

10 mldr so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha

kamida 3 nafar

3.

50 mlrd so‘mdan yuqori

kamida 4 nafar




Ichki audit xizmati tashkil etilishi uchun ham bir qancha talablar belgilab berilgan. Korxonaning aktivlarining balans qiymati moliyaviy hisobotlarda berilgan 1-shakl 400-satr ma'lumotlari asosida aniqlanadi. Shuningdek, korxonalarning aktivlari summasi jadvaldagi talablardan kamroq summani tashkil etsa 1 nafar auditor yollashlari mumkin. Shuningdek, aktivlar summasi 1 mlrd.so‘mga yetmaydigan ammo, uning qiymati eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan yuqori summani tashkil qilsa korxonada ichki audit bo‘limi tashkil etilishi kerak. Tashkil etilgan bo‘lim vazifalarini korxonaning xodimlari amalga oshiradilar, sertifikatga ega auditorni yollash talab etilmaydi. Audit xizmati xodimlari har yili attestatsiyadan o‘tkazib boriladi va muntazam ravishda malakalarini oshirib borishlari talab etiladi. Ichki audit xizmatiga tegishli auditorlik sertifikatiga ega bo‘lgan auditor rahbarlik qiladi. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati bo‘yicha yillik xarajatlar smetasini tuzadi va uni kuzatuv kengashiga taqdim etadi. Kuzatuv kengashi xarajatlarning muvofiqligini tekshiradi va tasdiqlaydi.


Ichki audit xizmati to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi. Kuzatuv kengashi auditorlarni vazifasidan ozod qiladi va tayinlaydi, ularga ish haqi miqdorlari ham kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Ichki audit xodimlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
-tasdiqlangan biznes-reja bajarilishi;
-korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishi;
-buxgalteriya hisobi va hisoboti holati;
-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi vato‘lanishi;
-moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga amal qilinishi;
-aktivlarning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish va ular holati yuzasidan hisobotlar topshirish.
Ichki audit xizmati bajargan ishlari amalga oshirgan tekshiruvlari yuzasidan hisobot tayyorlaydilar va xodimlari tomonidan imzolanadi. Yuqorida belgilab berilgan vazifalari yuzasidan har biri bo‘yicha alohida hisobotlar tuzadilar.
Tasdiqlangan biznes-reja bo‘yicha tuzilgan hisobotlarda biznes rejasining bajarilishi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining tahlili va uning bajarilmagan holatdagi aybdor mansabdor shaxslar ko‘rsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni yoritilib beriladi. Biznes reja bajarilishi yuzasidan miqdor va sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha tahlil qilinishi mumkin.
Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot o‘z ichiga korxona boshqaruv organlari tomonidan qarorlar samaraliligi, uning qatnashchilarining qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili, korporativ boshqarish sohasida qonun hujjatlari buzilishi holatlari bayoni, ta'sis hujjatlariga rioya etilishi, umumiy yig‘ilishlar va korxona boshqaruv organlari majlislari o‘tkazilishi, dividendlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi haqidagi
ma'lumotlarni oladi.
Moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda korxona tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotda korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini baholanadi va ichki audit davomida aniqlangan korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya- xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini bayon qilinadi.
Korxonaning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot o‘z ichiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzishning belgilangan tartibga rioya qilinishini baholash, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibda buzilishining tavsifini oladi. Hisobotda moliyaviy hisobotlar ma'lumotlari o‘zaro taqqoslab chiqiladi. Hisobotlarning bir biriga muvofiq tuzilganligi hisobotlarning aniqligi va ob'ektivligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

Download 90.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling