Anatomiya 2014. indd
-rasm. Ko‘krak otvedeniyasiga
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 159-rasm. EKGni chizmasi: 1–bo‘lmachalarning qo‘zg‘alishi. 2–qorinchalarning qo‘zg‘alishi. Tishchalarning balandligi: P
- Yurak va qon tomirlarni innervatsiyasi
158-rasm. Ko‘krak otvedeniyasiga
elektrodlarni (1–6) qo‘yish va ulardan olingan EKG egriliklari. 157-rasm. Elektrodlar- ni standart otvedeniyalarda qo‘yish (I, II, III) va ulardan olingan EKG egriliklari. 365 lar) deyiladi. P tishchasi bo‘lmachalar qo‘zg‘alishini ko‘rsatadi. Qo‘zg‘alish qorinchalar mushagiga yetib, unga tarqalganida QRS tish chalari hosil bo‘ladi. T tishcasi qorinchalar qo‘zg‘alishining tugaganini ko‘rsatadi. Shunday qilib P tishchasi EKGni bo‘lma- cha qismini hosil qilsa, Q R S T tishchalari majmuyi qorinchalar qismini hosil qiladi (159-rasm). 159-rasm. EKGni chizmasi: 1–bo‘lmachalarning qo‘zg‘alishi. 2–qorinchalarning qo‘zg‘alishi. Tishchalarning balandligi: P = 0,05 mv; R = 1,6 mv; T = 0,25 – 0,5 mv. EKG yurak ritmini, yurakning o‘tkazuvchi tizimida qo‘zg‘alish- ning o‘tkazishni buzilishini, ekstrasistoliya, ishemiya, yurak in- farkti paydo bo‘lganida, qo‘zg‘alishning qo‘shimcha o‘choqlarini hosil bo‘lishini tek shirishda yordam beradi. Yurak va qon tomirlarni innervatsiyasi Yurak faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar bosh qaradi. Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devo- ridagi retseptorlardan bosh va orqa miyadagi markazlarga boradi. Simpatik tolalar yurak qisqarishini tezlatuvchi va tojsimon arte- riyalarni kengaytiruvchi impulslarni o‘tkazsa, parasimpatik tola- lar yurak qisqarishini sekinlatib, tojsimon arteriyalarni toraytiruv- chi impulslarni o‘tkazadi. Yurakka boruvchi simpatik nerv tolalari simpatik poyaning bo‘yin qismidagi uchta simpatik tugunidan boshlanadigan yuqo- rigi, o‘rta va pastki yurakka boruvchi bo‘yin nervlari va ko‘krak qismining II–V tugunidan chiquvchi yurakka boruvchi ko‘krak nervlaridan iborat. Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi tolalar- dan iborat. Bu nervlar yurakka to‘rt xil ta’sir qiladi: 1) qisqa- rish tezligiga; 2) qisqarish kuchiga; 3) yurak bo‘ylab qo‘zg‘alishni 366 o‘tkazishga; 4) yurak mushagini qo‘zg‘aluvchanligiga. Adashgan nerv yurak qisqarishi miqdori va kuchini kamaytirib, yurak mu- shagini qo‘zg‘aluv chanligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Sim- patik nervlar yurak qisqarishi miqdori va kuchini, qo‘zg‘aluvchan- ligi va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shunday qilib, nervlar yurak ishini boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatib, uni o‘zgartiradi va qon ayla- nishi kuchini organizm talabiga moslab turadi. Qon tomirlar tonusi neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. Qon tomir lar markazlari uzunchoq va orqa miyada joylashgan ikki xil: qon tomirlarni toraytiruvchi va qon tomirlarni kengayti- ruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Qon tomirlarni toray- tiruvchi markazdan impuls lar ularni uzoq qisqargan holatda ush- lab turuvchi qon tomirlar mu shaklariga beto‘xtov boradi. Qon tomirlarni toraytiruvchi nervlar simpatik nerv tizimiga taalluq- li. Qon tomirlarni kengaytiruvchi markaz tomirlarga qon tomi- rlarni toraytiruvchi markazni tormozlash orqali ta’sir ko‘satadi. Bunda qon tomirlarga impulslar oqimi kamayadi va ular ken- gayadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga adrenalin, no- radrenalin, vasopressin va serotonin kiradi. Qon tomirlarni ken- gaytiruvchilarga metobolitlar-sut kislotasi va atsetilxolin media- tori kiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling