Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   422
Bog'liq
True

Ayrisimon bez
Ayrisimon bez (thymus) immun tizimining markaziy a’zosi 
bo‘lib, bolalarda yaxshi rivojlangan (148-rasm). Uning asosiy va-
zifasi limfositlarning takomillashuvini boshqarishdir. Ayrisimon 
bezda qonning o‘zak hujayralaridan T-limfositlar hosil bo‘ladi, 
undan tashqari, ularning takomillashuviga ta’sir qiluvchi timik 
omil larni ham ishlab chiqaradi. Ayrisimon bezning gormoni ti-
mozin lim fopoezni faollashtirib T-limfositlari hosil bo‘lishida 
ishtirok etadi, immun jarayonlarni kuchaytiradi, uglevod va kal-
siy almashinuvini boshqaradi.
Ayrisimon bez yuqorigi ko‘ks oralig‘ining oldingi qismida 
joyla shadi. U kattaligi bir xil bo‘lmagan, o‘zaro o‘rta qismida 
birikkan o‘ng va chap bo‘laklardan iborat. Bo‘laklarning yuqori 
qismi toraygan, past ki qismi esa keng.
Chap bo‘lagi o‘ngiga nisbatan uzun. Bezni tashqi tomoni-
dan yup qa biriktiruvchi to‘qimali kapsula o‘ragan bo‘lib, undan 
bez ichiga bo‘laklararo to‘siqlar
 kirib, bez to‘qimasini o‘lchamla-
ri 1–10 mm bo‘lgan bez bo‘laklariga
ajratadi. Bez parenxima-
si bo‘laklar chekkasida joylashgan to‘q rangli po‘stloq modda va 
bo‘lak markazida joylashgan och rangli mag‘iz moddadan ibo-
rat. Mag‘iz qismida timus (gassal) tanacha-
lari bor. Po‘stloq va mag‘iz modda o‘rtasi-
dagi chegara har doim aniq emas.
148-rasm. Ayrisimon bez:
1–ayrisimon bezning o‘ng va chap bo‘laklari;
2–ichki ko‘krak arteriyasi va venasi; 3–perikard; 
4–chap o‘pka; 5–chap yelka-bosh venasi.


330
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda bez og‘irligi nisbatan katta bo‘lib, 
o‘rtacha 13,3 g bo‘ladi. Bola hayotining birinchi uch yilida ayri-
simon bez juda tez o‘sadi. Keyingi davrlarda uning o‘sishi bir te-
kis bo‘lib, balog‘at dav rida eng katta og‘irlikka (37 g) ega bo‘ladi. 
Balog‘at dav ridan so‘ng ayrisimon bez og‘irligi kamaya boradi va 
70–75 yoshlarda 6 g bo‘ladi.
Ayrisimon bez yoshga qarab o‘zgargan vaqtda butunlay yo‘qo-
lib ketmay, to‘sh suyagi orqasida yog‘ to‘qimasi bilan o‘ral gan 
bez orolchalari shaklida qoladi.
Mabodo bolada bez erta yo‘qola boshlasa, bolaning psixikasi va 
taroqqiyoti buzilib, miasteniya va ataksiya belgilari paydo bo‘ladi.
Agar bez kattalashib ketsa, limfa tugunlari ham kattalashib, 
bolada immunitet pasayadi, jinsiy taroqqiyoti sekinlashadi. Un-
da ayri simon bez yaxshi taroqqiy etmagan bo‘lsa, limfopeniya 
bo‘lib, immun tanalarni hosil bo‘lishi kamayadi. Chaqaloqlarda 
bezning kattalashuvi – timomegaliya, oxirgi yillarda ko‘p uchray-
di. Bunda chaqaloqlar tez o‘sib yetiladi, gavda og‘irligi normadan 
oshib ketadi. Lekin bola bo‘sh, xomsemiz bo‘lib qoladi. Boshi-
ni ushlay olmaydi, oyoqqa tayanmaydi, o‘tira olmaydi, kasallikga 
beriluvchan bo‘lib qoladi, arzimagan shomollashdan o‘lib qoladi. 
Bunday bolalarga uch yoshgacha emlamalar ham qilinmaydi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling