Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   422
Bog'liq
True

Gidrofik distrofiya oqsil va suv almashinuvining buzilishi tu-
fayli yuzaga keladi. U turli intoksikatsiyalar, infeksion kasal-
liklar, a’zolar (teri, buyrak) shishishida kuzatiladi. Hujayra pro-
toplazmasida onkotik bosim ning o‘zgarishi tufayli suv tutuvchi 
vakuolalar paydo bo‘ladi. Jarayon orqaga qaytishi mumkin, ammo 
ko‘pincha, hujayralarning halokati bilan tugaydi.
Gialinoz yoki gialinli distrofiya biriktiruvchi to‘qimada va 
tomirlar devorida uchraydi. Bu distrofiyaning nomi unda oraliq 
moddada yarim tiniq juda zich, ko‘rinishi gialin to‘g‘ayiga o‘x-
shash gomogen massasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Gialinoz
termini bilan aslida bir turdagi o‘zgarishlarga olib 
ke luvchi bir qancha har xil jarayonlarni birlashtiradilar.
Biriktiruvchi to‘qimaning gialinozi fibrinoid bo‘kishning, 
ya’ni kollagen tolalarning parchalanishi yuz berib, oqsilli massa 
gomogen zich massaga qo‘shilib ketishning natijasi bo‘lishi mum-
kin. Bunday tarqalgan jarayon kollagen kasalliklarda uchraydi.
Biriktiruvchi to‘qimaning mahalliy gialinozi yallig‘lanishdan 
so‘ng rivojlanuvchi chandiqlarda, fibroz bitishmalarda, o‘sma-
lar stromasida kuzatiladi. Gialinoz natijasida tomirlar devorining 
tarkibi buziladi, tomirlar qattiq devorli va bo‘shlig‘i o‘ta to‘lib 
qolgan naylarga aylanadi va qisqaruvchanlik qobiliyatini yo‘qota-
di. Tomirlarning bunday o‘zgarishlari qon aylanishiga ta’sir qila-
di va ko‘pincha, qon aylanishining og‘ir buzilishiga olib keladi.
Amiloidoz yoki amiloidli distrofiya, oqsil almashinuvining 
chuqur buzilishiga bog‘liq. Amiloidozda a’zolarning hujayrala-
raro moddasida ko‘rinishi gialin tog‘ayni eslatuvchi, ammo un-


308
dan o‘z kimyoviy tarkibi bilan farqlanuvchi qattiq oqsil massalari-
ning progressiv ravishda to‘planishi kuzatiladi. Bundan yuz yil ol-
din Birxov distrofiyaning bu turini kuzata turib unda amiloidning 
kraxmal kabi yog‘ va sulfat kislota ta’sirida ko‘k rangga bo‘yalishi 
asosida amiloidoz deb nom bergan. 
Bu reaksiyadan patologoanatomlar amilidozni aniqlash uchun 
mur dani yorish paytida foydalanadilar. Amiloidning to‘planishi, 
odat da, mayda qon tomirlar va kapillyarlarning devorida, re-
tikulyar tolalarning yo‘nalishi bo‘ylab, retikulyar to‘qimada, bez-
li a’zolarda epitelial hujayralarning ostida kuzatiladi. Amiloid-
ning to‘planishi natijasida a’zoning parenximasi asta-sekin ezi-
ladi va yo‘qoladi. Ayniqsa, buyrak va jigar amiloidozi xavflidir, 
chunki u, ko‘pincha maz kur a’zo faoliyatining buzilishiga va be-
morni o‘limiga olib keladi. Amilo id ko‘p to‘planganda, a’zo qat-
tiq va sinuvchan, uning to‘qimasi esa qonsizlangan bo‘ladi. Kes-
mada bunday a’zolar o‘ziga xos mumsimon yoki yog‘ ko‘rinishi-
ga ega bo‘ladi. Umumiy amiloidozning oqibati yomon hisobla-
nadi. Ammo eksperimental ma’lumotlar, shuningdek, klinik va 
patologoanatomik kuzatishlar amiloidozni keltirib chiqargan sa-
bablar batamom bartaraf qilinganida va amiloidoz yuqori dara-
jaga yetmaganida amiloid massalarining erib ketishi mumkinligi-
ni ko‘rsatadi. Shuning uchun ham amiloidozni keltirib chiqargan 
sabab ni aniqlash uni bartaraf qilish zarur.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling