Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Uglevod almashinuvi
Uglevodlar oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy uglevodlar (mono saxaridlar) – glukoza, fruktoza, galaktoza suvda tez eriy- di va ichakdan qonga so‘riladi. Murakkab uglevodlar, polisaxarid- lar – krax mal, glikogen va disaxaridlar – sut, lavlagi, trostnik va boshqa qand moddalar ham ovqat bilan kirib, hazm traktida oddiy monosaxa ridlarga parchalangandan keyin ichakdan qonga so‘riladi. Organizmga uglevodlar, asosan, o‘simlik mahsulotlari (non, sabzavot va mevalar) orqali kiradi. Uglevodlarni ko‘p iste’mol qil- ganda, ular yog‘ga aylanadi va teri osti yog‘ kletchatkasi, charvi va boshqa joylarda to‘planadi. Ichakda so‘rilgan monosaxaridlar darvoza venasi qoni bilan ji- garga keladi. Bu yerda ularning bir qismi glikogenga aylanib, ske- let mu shaklarida to‘planadi. Organizmda zaxira holida 350 g ga- 309 cha glikogen bo‘ladi. Agar qondagi qandning miqdori kamaysa, ji- garda glikogen parchalanib qonga o‘tadi. Glikogenni hosil bo‘lish va to‘planish jarayoni oshqozon osti bezi gormoni insulin bilan boshqariladi. Glikogenni parchalanish jarayoni oshqozon osti be- zining ikkinchi gormoni glikogon ta’siri ostida bo‘ladi. Oshqozon osti bezi kasalliklarida glikogen hosil bo‘lishi kamayadi, natijada qonda qand ko‘payib, uning ko‘p qismi siydik bilan chiqariladi. Qonda qandning miqdori, shuningdek, glikogen zaxirasi mar- kaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Uglevod almashinu- vi markazidan nerv ta’siri a’zolarga vegetativ nerv tizimi orqali o‘tkaziladi. Markazdan simpatik nervlar orqali o‘tuvchi impuls- lar jigar va mu shaklarda glikogenni parchalanishini, shuningdek, buyrak usti bezi mag‘iz moddasi gormoni adrenalinni ajralishini kuchaytiradi. Adrenalin glikogenni glukozaga aylanishini ta’min- laydi. Uglevod almashinuvida bulardan tashqari buyrak usti bezi- ning po‘stloq qismi, gipofizning oldingi bo‘lagi va qalqonsimon bez gormonlari ham ish tirok etadi. Odam organizmida uglevodlar qonda glukoza shaklida (4,44– 6,66 mmol/l, yoki 80–120 mg %), shuningdek, jigarda va mu- shaklarda glikogen shaklida bo‘ladi. Qonda qandning miqdori 4,44 mmol/l dan kamayib ketishi gipoglikemiya, 6,66 mmol/l dan oshib ketishi – giperglikemiya deyiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling