Anatomiya 2014. indd


Bulbouretral (Kuper) bezlari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   422
Bog'liq
True

Bulbouretral (Kuper) bezlari (glandulae bulbourethralis) juft 
a’zo (136-rasm). Ular siydik chiqaruv nayining parda qismi or-
qasida, oraliqning chuqur ko‘ndalang mushagi ichida joylashgan. 
Bu bezlar yuma loq shaklda, qattiqroq, diametri 0,3–0,8 sm bo‘la-
di. Tuzilishi jihatidan alveolyar naysimon bezlar turkumiga kira-
di. Ingich ka va uzun (3–4 sm) bulbouretral bez nayi
 erlik olati 
so‘g‘onini teshib o‘tib, siydik chiqaruv nayiga ochiladi. Bulbou-
retral bezlar siydik chiqaruv nayi shilliq pardasini siydik ta’siri-
dan saqlovchi yopish qoq suyuqlik ishlab chiqaradi.
Urug‘ tizimchasi (funiculus spermaticus) uzunligi 15–20 sm 
yuma loq shaklda bo‘lib, chov kanalining chuqur teshigidan mo-
yakning yuqori uchigacha cho‘zilgan bo‘ladi. U moyakning 
yorg‘oqqa tushish jarayonida hosil bo‘ladi. Urug‘ tizimchasi tar-
kibiga urug‘ olib ketuv chi nay, moyak, moyak ortig‘i va urug‘ 
olib ketuvchi nayning arteriya, vena, lim fa tomirlari va nervlari 
kiradi. Urug‘ tizimchasi tash qi tomondan ichki urug‘ fassiyasi bi-
lan o‘ralgan. Undan tashqarida moyakni ko‘taruvchi mushak va 
uning fassiyasi yotadi. Tashqi urug‘ fassiyasi urug‘ tizimchasining 
eng tashqi pardasi hisoblanadi.
Erlik olati (penis) erkaklarda siydikni chiqarishga va urug‘ni 
otish ga xizmat qiladigan a’zo hisoblanadi. U uch qismdan ibo-
rat. Erlik ola tining orqa qismi erlik olatining ildizi
 qov suyakla-
riga birikkan. Uning oldingi erkin qismi – erlik olatining tanasi
oldingi yuqori gi yuzasi – erlik olatining orqa tomoni
 deb atala-
di. Erlik olati tanasi yup qa, oson suriluvchi teri bilan qoplangan. 
Bu teri yuqori tomonga qov terisiga, pastga esa yorg‘oq terisiga 
o‘tib ketadi. Erlik olati tanasining oldingi qismida uning terisi er-
lik olati boshini yopuvchi yaxshi bilingan teri burmasini – erlik 
olati kertmagini hosil qiladi va olat bo‘yniga birikadi. Erlik olati 


288
boshining pastki tomonida kertmak olat boshi bilan siydik chiqa-
ruv kanalini tashqi teshigigacha boruvchi erlik olati kertmagining 
yuganchasi hosil qilib birikadi. Erlik olatining oldingi qismi er-
lik olatining boshchasi bo‘lib tugaydi. Unda kengaygan qismi – 
boshchaning toji va toraygan boshchaning bo‘yinchasi

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling