Anatomiya 2014. indd


hosil qiladi. Chanoq  qismi kichik chanoq bo‘shlig‘ida kengayib, duksimon urug‘ olib  ketuvchi nay kengaymasini


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   422
Bog'liq
True

 hosil qiladi. Chanoq 
qismi kichik chanoq bo‘shlig‘ida kengayib, duksimon urug‘ olib 
ketuvchi nay kengaymasini
 hosil qilib tugay-
di (139-rasm). Kengay maning uzunligi 3–4 
sm, keng ligi 1 sm. Uning pastki uchi tora-
138-rasm. Urug‘ olib ketuvchi yo‘llar chizmasi:
1–moyakning urug‘ olib ketuvchi naychala-
ri; 2–moyak to‘ri; 3–moyakning oqliq pardasi
4–burama urug‘ naychalari; moyak to‘siqchalari; 
5–to‘g‘ri urug‘ naychalari; 6–urug‘ olib ketuvchi 
nay; 7–moyak ortig‘ining naychasi.


285
yib, urug‘ pufakcha sining chi qaruv nayi bilan qo‘shiladi. Urug‘ 
olib ketuv chi nayning devori qalin bo‘ lib, uch qavatdan iborat. 
Ichki shilliq qavat
 3–5 bo‘ylama bur malar hosil qiladi. O‘rta mu-
shakli qavat uch: ichki va tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasi mon qava-
tdan iborat. Tashqi biriktiruvchi to‘qimali parda nay ni tashqi to-
mondan o‘raydi.
Urug‘ pufakchalari (vesiculae seminalis) juft, suyuqlik ishlab 
chi qaruvchi a’zo (139-rasm). U kichik chanoq bo‘shlig‘ida urug‘ 
olib ke tuvchi nay kengaymasining tashqi tomonida, prostata be-
zining usti va qovuqning orqa tomonida joylashgan. Unda qovuq-
qa qaragan oldingi va to‘g‘ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor. 
Urug‘ pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi 
1 sm bo‘lib, yuzasi g‘adir-budir. Agar uning ustini qoplagan par-
dani olib tashlab to‘g‘rilansa, u uzunligi 10–12 sm, kengligi 0,6–
0,7 sm li nay shaklini oladi. Urug‘ pufakchalarining yuqorigi ken-
gaygan qismi asosi, o‘rta qismi tanasi va pastki toraygan qismi 
suyuqlik chiqaruv nayi tafovut qilinadi.
Urug‘ pufakchalarining devori uch: tashqi biriktiruvchi to‘-
qimali, o‘rta mushakli, ichki shilliq qavatdan iborat. Shilliq 
qavat da bo‘ylama burmalari bor. Urug‘ pufakchalarining chiqa-
ruv nayi urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan qo‘shilib, 
urug‘ otuv chi nayni hosil qiladi va siydik chiqarish kanalining 
prostata qismiga ochiladi. Urug‘ otuvchi nayning uzunligi 2 sm, 
kengligi boshlanish qismida 1 mm, oxirida 0,3 mm bo‘ladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling