Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   422
Bog'liq
True

Siydik qopi
Siydik qopi (vesica urinaria) (136-rasm) siydik to‘plovchi re-
zervuar vazifasini bajaruvchi toq a’zo. Uning sig‘imi o‘rtacha 
500–700 ml. Siydik qopining qorinning oldingi devoriga qara-
gan yuqori qismi-uchi kengayib, siydik qopining tanasiga o‘tadi. 
Siydik qopining tanasi orqaga va pastga siydik qopi tubiga
 davom 
etadi. Siydik qopining pastki qismi quyg‘ichsimon torayib siydik 
chiqaruv nayiga o‘tadi. Uning bu qismi siydik qopining bo‘yin-
chasi deyiladi. Siydik qopi kichik chanoq bo‘shlig‘ida qov simfi-
zi orqasida joylashgan bo‘lib, oldingi devori undan yog‘ kletchat-
kasi vositasida ajrab turadi. To‘lgan siydik qopi simfizning ustiga 
ko‘tarilib, qorinni oldingi devoriga tegadi. Uning orqa devori er-
kaklarda to‘g‘ri ichakka, urug‘ pufakchalariga, siydik qopining tu-
bi esa prostata beziga tegib turadi.
Ayollarda siydik qopining orqa devori bachadon bo‘yniga va 
qinga, tubi esa siydik-tanosil diafragmasiga tegib turadi. Siydik qo-
pi to‘lgan holatda qorinparda bilan mezoperitoneal, bo‘sh holatda 
ekstraperitoneal o‘raladi. Siydik qopi devorining qalinligi 12–15 
mm, to‘lgan vaqtda tortilib yupqalashadi (2–3 mm). Uning devori 
to‘rt qavatdan iborat:
1. Shilliq parda ichki tomondan qoplab pushti rangda, hara-
katchan, bo‘sh turgan siydik qopida burmalar hosil qiladi. Siydik 
qopi tubidagi qovuq uchburchagi
sohasida shilliq parda mu shak 
pardaga yopishib turgani uchun burmalar bo‘lmaydi. Uchbur-
chakning cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi, past-
ki burchak larida esa ikkita siydik nayi teshiklari joylashgan. Shil-
liq pardada siydik qopi bezlari bor.
2. Shilliq osti asosi yaxshi rivojlangan 
bo‘lib, shilliq pardada bur malar hosil qiladi. 
Shilliq osti asosi qovuq uchburchagi sohasi-
da bo‘l maydi.
136-rasm. Siydik qopi, prostata bezi va

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling