Anatomiya 2014. indd


Siydik nayi Siydik nayi  (ureter)


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   422
Bog'liq
True

Siydik nayi
Siydik nayi 
(ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o‘tka-
zib beruvchi naysimon a’zo. U buyrak jomining toraygan qismi-


280
dan bosh lanib, qovuqda tugaydi. Siydik nayining uzunligi 30–
35 sm, keng ligi o‘rtacha 8 mm, bo‘shlig‘ini kengligi 3–4 mm. 
U qorinpardaning orqasida turadi. Siydik nayida uch: qorin 
bo‘shlig‘idagi, chanoq bo‘shlig‘idagi va devor ichidagi qismi ta-
fovut qilinadi. Uning qorin bo‘shlig‘idagi qismi katta bel mu-
shagining oldingi yuzasida yotadi. Uning old tomonida moyak 
(tuxum don) arteriyasi va venasi yotadi.
Chanoq bo‘shlig‘idagi qismiga o‘tish joyida o‘ng siydik nayi 
ingichka ichak tutqichi ildizi bilan, chapi esa sigmasimon ichak 
tut qichi bilan kesishadi. Siydik nayining chanoq bo‘shlig‘idagi 
qismi o‘ng tomonda o‘ng ichki yonbosh arteriyasi va venasining 
oldidan o‘tsa, chap tomonda umumiy yonbosh arteriyasi va ve-
nasining oldidan o‘tadi. Kichik chanoq bo‘shlig‘ida siydik nayi 
ichki yonbosh arteriyasining oldida va yopqich arteriyasi hamda 
venasining medial tomonida yotadi.
Siydik nayining devor ichidagi qismi qovuq devorini qiya teshib 
o‘tadi. Uning uzunligi 1,5–2 sm.
Siydik nayining uch: boshlanish, qorin bo‘shlig‘idagi qismining 
chanoq bo‘shlig‘idagi qismiga o‘tgan va qovuq devoriga kirgan soha-
larida toraygan joyi bor.
Siydik nayi devori uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat 
bo‘yla ma burmalar hosil qiladi. O‘rta mushakli qavat yuqori qis-
mida ikki bo‘ylama va halqasimon, pastki qismda esa uch: ichki 
va tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasimon qavatlardan iborat. Tashqi 
tomondan biriktiruvchi to‘qimali parda bilan qoplagan.
Patologiyasi. Turli jаrоhаtlаrdа vа yallig‘lаnishlаrdа (ko‘prоq, 
sil kаsаlligidа) siydik yo‘li dеvоridа distrоfik o‘zgаrish kuzatiladi. 
Kеyin chаlik bu jоydа аt rоfiya rivоjlаnib, nеkrоzgа uchrаydi, оxiri 
nеkrоz bo‘lgаn jоydа chаndiq rivоjlаnаdi. Chаndiq siydik yo‘lini 
siqib, siydik оqishini qiyinlаshtirаdi. Оqibаtdа gidrоnеfrit pаydо 
bo‘ladi.
Siydik yo‘lidа, ko‘pinchа, pаpillоmа vа turli shakldagi xаvfli 
o‘s malаr kuzatiladi. Pаpillоmа, ko‘pinchа, epi tеliy to‘qimasidаn 
so‘r g‘ichsimоn o‘simtаlаr shаklidа pаydо bo‘lib, kеyinchаlik rаkkа 
аy lаnаdi. O‘smаlаr limfа yo‘llari оrqаli o‘pkаgа, jigаr vа suyaklаrgа 
mеtаstаz bеrаdi. Siydik yo‘li rаkidа gеmаturiya оg‘riqsiz bo‘lmаydi. 
Siydikdа qоn аrаlаshmаsi bo‘lib, bеldа оg‘riq kuzatiladi.


281

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling