Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
JINSIY A‘ZOLAR TIZIMI
Jinsiy a’zolar jinsni belgilovchi erkaklar va ayollarning ichki va tash qi jinsiy a’zolaridan iborat. Erkaklarning jinsiy a’zolari 283 Erkaklarning jinsiy a’zolari ichki va tashqi a’zolarga bo‘lina- di. Ichki jinsiy a’zolarga moyak, moyak ortig‘i, prostata, urug‘ pufakchasi, urug‘ olib ketuvchi nay, bulbouretral bezlar kiradi. Tash qi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg‘oq kiradi. Moyak (testis) juft jinsiy bez (137-rasm) Ular erkaklar jinsiy hujayrasi spermatozoidlarni hosil qilish bilan birga, qonga er- kaklarning jinsiy gormoni testosteronni ham chiqaradi. Shuning uchun u aralash bezlar turkumiga kiradi. Moyaklar yorg‘oq ichida joylashib, o‘zaro to‘siq bilan ajra- lib turadi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyak oval shaklda bo‘lib, ikki yon tomondan biroz yassilashgan. Uning yas- si medial yuza sini bo‘rtib chiqqan lateral yuza sidan oldingi va or- qa chetlari ajratib turadi. Orqa qirrasiga moyak ortig‘i yopish gan bo‘ladi. Moyakda ikki: yuqo ri uchi va pastki uchi tafovut qilinadi. Moyakning o‘rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘irligi 20–30 g. Moyakning ust tomondan oqliq parda qoplagan bo‘lib, uning ostida moyak parenximasi joylashgan. Moyak ning orqa cheti ich- ki tomonidan moyak parenximasiga biriktiruvchi to‘qima o‘siq- lari kirib, moyak oralig‘ini hosil qiladi. Undan yelpig‘ich ka- bi bosh langan yup qa biriktiruv chi to‘qimali moyak to‘siqchala- ri oldinga qarab yo‘nalib, moyak parenximasini konus shaklidagi 250–300 moyak bo‘lakchalariga ajratadi. Har bir bo‘lakcha ichida spermatozoid ishlab chiqaruvchi epiteliyi bo‘lgan 2–3 buralma urug‘ naychalari bo‘ladi. Bu nay- chalarning uzunligi 70–80 sm, kengligi 150–300 mkm. Ular or- qa tomonga yo‘nalib bir-biri bilan qo‘shiladi va to‘g‘ri urug‘ naychalarini hosil qiladi. To‘g‘ri urug‘ naychalari moyak ora- lig‘iga kirib, moyak to‘rini hosil qiladi. Moyak to‘ridan 12–15 ta moyakning urug‘ Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling