Anatomiya 2014. indd
Siydik va uning xususiyatlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrakning funksial sinamalari
Siydik va uning xususiyatlari. Siydik och-sariq rangli tiniq
suyuq lik. U 95 % suv va 5 % qattiq moddadan iborat. Siydik- ning qattiq moddasining tarkibiy qismini siydikchil (2 %), siydik kislotasi (0,05 %) va kreatinin (0,075 %) tashkil qiladi. Siydikda natriy va kaliyning turli xil tuzlari bor. Bir sutkada siydik bilan 25–30 g siydikchil, 15–25 g noorganik tuzlar chiqariladi. Siy- dikning nisbiy zichligi 1,010–1,020. Uning reaksiyasi qabul qili- nayotgan ovqatga bog‘liq ravishda nordon, neytral yoki ishqoriy bo‘lishi mumkin. Buyrakning funksial sinamalari. Buyrakda siydikni hosil bo‘lishi qon plazmasini buyrak koptokchasi kapillyarlaridan kap- sula bo‘sh lig‘iga ultrafiltratsiyasidan boshlanadi. Koptokcha fil- tri plazmaning oqsildan boshqa barcha tarkibiy qismlari uchun o‘tkazuvchan. Filtr langan qonni hajmi koptokchaning olib keluv- chi va olib ketuv chi qon tomirlardagi bosimning farqiga bog‘liq. Hosil bo‘lgan filtrat naychalardan o‘tib kuchli qayta so‘rilishga yoki reabsorbsiyaga uchraydi. Filtrlangan suvni 98 %, natriyni 99 %, glukoza, amino kislotalar, fosfat, sulfatlarning ko‘p qismi va boshqalar reabsorbsiya qilinadi. Bu moddalarni va suvni qay- ta so‘rilishi naychalardan o‘tayotgan qonning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi va naychalar epiteliy hujayralarini faol fermentativ fao- liyati yo‘li bilan amalga oshiriladi. Suv va natriyni reabsorbsiyasi gipofizning antidiuretik gormoni va buyrak usti bezining minera- lokortikoid gormonlari bilan bosh qariladi. Organizmga kerak moddalarni reabsorbsiya qilishdan tashqari naychalar epiteliyi organizm uchun yot bo‘lgan vodorod ionlarini va ammoniyni naychalar ichiga chiqaradi. Buyrak buzilganida filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya bu- ziladi. Bu buzilishlarni aniqlash uchun birnecha funksional si- namalar taklif etilgan. Ulardan eng soddasi siydikni zichligini va miqdorini uch soatlik qism larda aniqlashga asoslangan. Sutka 275 davomida sog‘lom buyraklar orqali qabul qilingan suvning 80 % ajratib chiqariladi. Ayrim qismlarda zich moddalarning miqdori, zichligi 1008–1035 gacha o‘zgarib turadi. Shuningdek, siydikni kunduzi va kechasi ajralishini – diu- rezni tek shirishni ham ahamiyati katta. Sog‘lom odamlarda diu- rez kechasi sezilarli kamayadi, siydikning konsentratsiyasi oshadi. Buyrakning faoliyati yetishmagan bemorlarda kechasidagi diurez kunduzgidan farq qilmaydi, ba’zi hollarda kuchayadi, bunda siy- dikning zichligi biroz o‘zgaradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling