Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 189-rasm. Miyacha o‘zаklari. Gorizontal kesma
To‘rtinchi qorincha (ventriculus quartus) rombsimon miya
pufagining bo‘shlig‘i. Uning devorlari hosil bo‘lishida uzunchoq miya, ko‘prik, miyacha va rombsimon miya siqig‘i ishtirok etadi. To‘rtinchi qorincha shakl jihatidan chodir (palatka) ko‘rinishiga ega. Uning tubini uzinchoq miya va ko‘prikni orqa yuzasi hosil qilib, ko‘rinishi rombga o‘xshaydi. Shuning uchun uni rombsi- mon chuqurcha deb atashadi. Bu yuzada uzunchoq miya bilan ko‘prik o‘rtasida ko‘ndalang yo‘nalgan IV qorinchaning miya ipchalari joylashgan. Ular romb- simon chuqurchaning yon burchaklaridan boshlanib ko‘ndalang yo‘naladi va o‘rta egat ga kirib ketadi. To‘rtinchi qorinchaning tomi rombsimon chuqurcha ustida cho‘qqi shaklida joylashadi. Uning oldingi yuqori devorini miya- 189-rasm. Miyacha o‘zаklari. Gorizontal kesma: 1–chodir o‘zagi; 2–sharsimon o‘zak; 3–po‘kaksimon o‘zak; 4–tishsimon o‘zak. 433 chaning ustki oyoqchalari va ular o‘rtasida tortilgan miyaning ust- ki chodiri hosil qiladi. To‘rtinchi qorinchaning orqa devorini esa miyaning pastki chodiri hosil qiladi. Unga ichki tomondan IV qo- rinchaning tomirli asosi tegib turadi. Tomirli asos IV qorincha- ning tomirli to‘rini hosil qiladi. Rombsimon chuqurchaning yuqori tomonlarini miyacha- ning ust ki oyoqhalari, pastki tomonlarini esa miyachaning past- ki oyoq chalari hosil qiladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o‘rtalikdagi teshik orqa miyaning markaziy kanaliga qo‘shib turadi. Yuqo ri burchagidagi teshik orqali miya suv yo‘li vosita- sida III qorinchaga qo‘shiladi. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari lateral cho‘ntaklar hosil qiladi. Undagi juft lateral teshik esa bosh miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘iga qo‘shib tura- di. Rombsimon chuqurchaning o‘rtasida ustki burchakdan past ki burchakkacha o‘rta egat joylashadi, uning yon tomonlarida juft medial tepacha joylashib, tash qi tomonidan chegaralovchi egat bilan ajrab turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida medial tepalik torayib, til osti nervining uchburchagiga o‘tib ke- tadi. Undan chetroqda adashgan nerv ning uchburchagi joylash- gan. Medial tepachaning yuqori ko‘prik qismida yuz nervi tepa- ligi bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig‘anoq nervi o‘zaklari yotadigan dahliz maydoni joy- lashgan. Dahliz maydonidan o‘rta egatga qarab yo‘nalgan IV qo- rinchaning miya ipchalari rombsimon chuqurchani ustki va past- ki chuqurchalarga ajratadi. Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o‘zak lari (190-rasm) joylashadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling