Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Oraliq miya
Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o‘rta miya bilan oxirgi miya oralig‘ida joylashgan. Taraqqiyoti va fao- liyatiga ko‘ra oraliq miyani ikki qismga: 1. Orqa (dorsal) filoge- nez nuqtayi nazaridan yangi, afferent yo‘llar markazi bo‘rtiq so- 436 hasi. 2. Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo‘rtiq osti sohasidan iborat. Bo‘rtiq sohasi, o‘z navbatida, ko‘ruv bo‘rtig‘i, ko‘ruv bo‘rtig‘i- ning orqa sohasi va ko‘ruv bo‘rtig‘ining usti sohalariga bo‘li- nadi. Ko‘ruv bo‘rtig‘i III qorinchaning ikki yon tomoniga joylash- gan oval shakldagi kulrang modda to‘plamidan iborat (192-rasm). Uning oldingi uchi torayib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini oldingi do‘mboq- chasi, orqa uchi esa kenga yib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini yostiqchasi- ni hosil qiladi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining medial yuzasi III qorincha bo‘shlig‘ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar mar- kaziy qismining tubini hosil qiladi. O‘ng va chap ko‘ruv bo‘rtiqlarining ichki yuzasi o‘zaro ko‘ruv bo‘r tig‘i orasidagi bitishma vositasida qo‘shiladi. Uning lateral yuza si ichki kapsulaga tegib turadi. Pastdan va orqadan o‘rta miyaning qopqoq qismi bilan chegaralanadi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ida 40 ga yaqin hujayralar to‘plami (o‘zaklar) bo‘lib, ular o‘zaro yupqa oq modda qatlami vositasida ajralib turadi. Ularning asosiylari oldingi, medial, lateral, markaziy, ventrolateral va orqa o‘zaklar- dir. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining faoliyati juda muhimdir. U po‘stloq os- ti sezuv markazi bo‘lib, unda bosh miya po‘stlog‘iga boruvchi af- ferent yo‘llarning II neyroni tugaydi. Oldingi o‘zakda so‘rg‘ich- simon tanadan keluvchi va ko‘ruv bo‘rtig‘ini hidlov sohasi bi- lan bog‘lovchi Vik-d-Azir yo‘li tugasa, ventrolateral o‘zakda me- dial qovuzloq tugaydi. Yostiqcha esa po‘stloq osti ko‘ruv markazi bo‘lib, unda ko‘ruv yo‘li tolalari tugaydi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining orqa sohasi juft: lateral va medial tizza- simon tanalardan iborat. Tizzasimon tanalar cho‘zinchoq oval shaklida bo‘lib, o‘rta miya tomidagi tepaliklar bilan ularning qo‘lchalari vositasida bog‘ langan. Lateral tizzasimon tana ustki tepalik va yostiqcha bilan birgalikda po‘stloq osti ko‘ruv markazi, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling