Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi qorincha
- Oraliq miyaning fiziologiyasi.
193-rasm. Gipotalamik soha:
1–so‘rg‘ichsimon tana va ko‘ruv bo‘rtig‘i ora- sidagi tutam; 2–uchinchi qorincha; 3–bo‘rtiq ostining orqa sohasi; 4–bo‘rtiq osti sohasining qorincha atrofidagi o‘zagi; 5–oldingi periven- trikulyar o‘zak; 6–bo‘rtiq osti sohasining ora- liq maydoni; 7– bo‘rtiq osti sohasining oldin- gi maydoni; 8–ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi o‘zak; 9–ko‘ruv trakti; 10–ravoqsimon o‘zak; 11–quyg‘ich. 438 Uchinchi qorincha oraliq miyaning o‘rtasida ingichka sagit- tal yorig‘ shaklida joylashgan bo‘lib, oltita devori tafovut qilina- di. Uning tashqi devorini ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi, oldin- gi devorini tiniq to‘siq , gumbaz ustuni va oldingi bitishma ho- sil qiladi. Gumbaz ustuni bilan ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi qismi o‘rtasida qorinchalar orasidagi teshik joylashgan. Uchinchi qo- rinchaning orqa devorini orqa bitishma va yuganchalar bitishma- si chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo‘li teshigi yotadi. Or- qa devorda ikkita chuqurcha: g‘urrasimon bez ustidagi chuqur- lik hamda g‘urrasimon bez chuqurligi bor. Uchinchi qorincha- ning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylash- gan uchinchi qorinchaning tomirli asosi va uni qop lagan epite- lial qatlam hosil qiladi. Uchinchi qorinchaning pastki devorini esa bo‘rtiq osti sohasi hosil qiladi. Bu yerda uchinchi qorincha: quyg‘ich botig‘i va suprooptik botiqlik hosil qiladi. Oraliq miyaning fiziologiyasi. Talamus «sezgi kollektori» deb ata ladi, chunki undan hidlov yo‘lidan tashqari, bosh miya yarim- sharlariga boruvchi barcha afferent yo‘llar o‘tadi. Talamusning asosiy vazifasi barcha sezgilarni o‘zaro bog‘lash, turli yo‘nalish- lardan kelayot gan ma’lumotlarni solishtirish va ularni biologik ahamiyatini baholash. Talamus o‘zaklari faoliyat jihatidan ko‘ta- riluvchi afferent yo‘llar tugaydigan – spetsifik, nospetsifik (to‘r formatsiya o‘zaklari) va talamus barcha harakatlantiruvchi po‘st- loq osti o‘zaklari: targ‘il tana, rangpar shar, gipotalamus, o‘rta va uzunchoq miya o‘zaklari bilan bog‘langan assotsiativ o‘zaklarga bo‘linadi. Odamda o‘ziga xos mimika, harakatlar va ichki a’zo- lar faoliyatini o‘zgarishi bilan kechadigan hissiyot o‘zgarishlarida talamus ma’lum rol o‘ynaydi. Hissiyot reaksiyalarida arterial bo- sim ko‘tariladi, puls, nafas olish tezla shadi, qorachiq kengayadi. Klinikada talamusni buzilishi qattiq bosh og‘rishi, uyquning buzi- lishi, sezuvchanlikni buzilishi, harakat aniqligini yo‘qolishi, turli xil ixtiyordan tashqari harakatlar paydo bo‘lishi belgilari bilan na- moyon bo‘ladi. Gipotalamus nerv tizimining oliy avtonom markazi hisobla- nadi. Unda avtonom faoliyatlarni boshqaruvchi, organizmning ichki muhitini doimiyligini ta’minlovchi, shuningdek, yog‘, oq- sil, uglevod, suv va mineral moddalar almashinuvini markazla- ri joylashadi. Gipotalamusni oldingi qismini ta’sirlaganda para- simpatik effektlar: ichak harakatini kuchayuvchi, hazm shirala- 439 rini ajralishi, yurak qisqarishi ni sekinlashuvi va boshqalar; or- qa qismini ta’sirlaganda esa simpatik effektlar: yurak urishini tezla shuvi, qon tomirlarni torayishi, tana haroratini oshishi va bosh qalar kelib chiqadi. Bu gipotalamusni olgingi qismlarida pa- rasimpatik, orqa qismida esa simpatik markazlar joy lashganini ko‘rsatadi. Gipotalamusda qon haroratini (termopetseptorlar), osmatik bo sim ni (os moretseptorlar) va qon tarkibini (glukoretseptorlar) o‘zgarishini se zuvchi retseptorlar bor. Retseptorlardan organizm- ning ichki muhiti ni doi miyligini – gomeostazni ta’minlab tu- ruvchi reflekslar paydo bo‘ ladi. «Och» qon glukoretseptorlarni ta’sirlab, ovqatlanish markazini qo‘zg‘atadi, natijada ovqatni qi- dirishga va qabul qilishga yo‘nalgan ov qat lanish reaksiyalari pay- do bo‘ladi. Gipotalamus kasalliklarini tez-tez uchraydigan belgilaridan biri ko‘p miqdorda past zichlikdagi siydik ajralishi bilan namoyon bo‘ladigan suv va mineral tuzlar almashinuvining buzilishidir. Bu kasallik qandsiz diabet deb ataladi. Bo‘rtiq osti sohasi gipofiz faoliyati bilan bog‘langan. Gipota- lamusning ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi va bo‘rtiq osti sohasining qo- rincha atrofidagi o‘zaklarining yirik neyronlarida vasopressin va oksototsin gormonlari hosil bo‘ladi. Bu gormonlar aksonlar or- qali gipofizning orqa bo‘lagiga tushib, u yerda to‘planadi, keyin qonga o‘tadi. Gipotalamus bilan gipofizni oldingi bo‘lagi o‘rta- sidagi munosabat boshqacha. Gipotalamusni o‘zaklarini o‘ragan qon tomirlar gipofizni oldingi bo‘lagiga yetuvchi vena tizimiga qo‘shiladi va bu yerda yana kapillyarlarga bo‘linadi. Qon bilan gipofizga rilizing-omil o‘tib, gipofiz ni oldingi bo‘lagida gormon- lar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling