Anatomiya 2014. indd
Bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari. Nerv tizimining tuzilishi
va faoliyati asosida neyronlar zanjiridan tashkil topgan reflektor yoyi yotadi. Bu zanjirlar orqali qo‘zgalish periferiyadan markazga va markazdan periferiyaga yo‘naladi. Bosh va orqa miyaning o‘tkazuv yo‘llari sodda va murakkab ref leks yoylari tarkibiga kiruvchi orqa va bosh miyada uziluv- chi, yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi nerv tolalarining yig‘indisidan iborat. Bu yo‘llar orqa va bosh miyaning turli qism- larini bir-biri bilan bog‘lab, miya tarkibiy elementlari ichida ikki tomonlama aloqani ta’minlab turadi. O‘tkazuv yo‘llar vositasida markaziy nerv tizimi va organizmning birligi va uning tashqi mu- hit bilan aloqasi boshqarilib turiladi. O‘tkazuv yo‘llar yordamida ichki va tashqi qo‘zg‘alish retseptorlari qabul qilib olgan markaz- ga intiluvchi nerv impulslarini orqa va bosh miyada markaz dan qochuvchi yo‘llarga o‘tishi orqali organizmning tashqi va ichki muhit ta’siriga moslashuvi paydo bo‘ladi, mushaklar qisqarib, bez shira ajratadi. O‘tkazuv yo‘llar vositasida organizmning bir butun- ligi va uning tash qi muhit bilan aloqasi ta’minlanadi. Barcha o‘tkazuv yo‘llari uch guruhga bo‘linadi: proyeksion, komis sural va assotsiativ. Assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari bosh miyaning bitta yarimshari kulrang moddasini bir-biriga qo‘shib turadi. Komissural o‘tkazuv yo‘llari bir yarimshar po‘stlog‘ini ikkinchi yarimshar po‘stlog‘iga qo‘shib turadi. 450 Proyeksion o‘tkazuv yo‘llari bosh miya po‘stlog‘i bilan miya so‘ g‘oni o‘zaklari (qisqa proyeksion yo‘llar) hamda orqa miya o‘zaklari (uzun proyeksion yo‘llar) o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqani ta’minlab turadi. Nerv impulslarining yo‘nalishiga qarab proyeksion yo‘llar ikki guruhga markazga intiluvchi – afferent, sezuvchi yo‘llar nerv impulsini periferiyadan bosh miya po‘st- log‘iga olib boruvchi va markaz dan qochuv chi – efferent, hara- katlantiruvchi, impulsni miya po‘stlog‘idan periferiyaga olib bo- ruvchi yo‘llarga bo‘linadi. Afferent va efferent proyeksion yo‘llar murakkab reflektor yoyining asosiy qismlari bo‘lib, ular o‘zaro miya po‘stlog‘ida assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari vositasida qo‘shi- ladilar. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling