Anatomiya 2014. indd


Oxirgi miyaning bazal o‘zaklari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   422
Bog'liq
True

Oxirgi miyaning bazal o‘zaklari. Bosh miya yarimsharlari-
ning ustini qoplagan po‘stloqdan tashqari, har bir yarimsharda 
tugunchalar yoki o‘zaklar shaklida to‘plangan kulrang modda ham 
bo‘ladi. Bu o‘zaklar yarimshar larning oq moddasi ichida miya 
asosiga yaqin joylashgani uchun ular bazal o‘zaklar deb ataladi. 
Bularga quyidagilar kiradi: 1. Targ‘il tana; 2. Ixota; 3. Bo dom-
simon tana (195-rasm).
Targ‘il tana ikkita yirik: dumsimon va yas miq simon o‘zakdan 
iborat bo‘lib, miya kes ma larida oq va kulrang hoshiyalar ko‘ri-
nishida bo‘ladi. 
Dumli o‘zak yasmiqsimon o‘zakdan yuqoriroq va medial-
roq joylashib, undan ichki g‘ilofning oldingi oyoqchasi vositasi-
da ajrab turadi. Dumli o‘zakning oldingi qismi kengaygan bo‘lib, 
boshchasi deyiladi va yasmiqsimon o‘zak bilan qo‘shiladi. O‘zak-
ning boshchasi orqaga tomon torayib uning tanasiga o‘tadi, tanasi 
esa pastga qarab burilib o‘zakning dumini hosil qiladi va bodom-
simon tanagacha yetib boradi.
Yasmiqsimon o‘zak dumli o‘zak va ko‘ruv 
bo‘rtig‘idan lateral roq joylashib, ulardan ichki 
195-rasm. Bosh miyaning bazal o‘zaklari.
Gorizontal kesma:
1–qadoqsimon tananing tizzasi; 2–dumsimon o‘zak-
ning boshcasi; 3–ixota; 4–qobiq; 5–rangpar shar; 
6–ichki g‘ilof; 7–yon qorinchaning orqa shoxi
8–ko‘ruv bo‘rtig‘i; 9–qadoqsimon tananing
kengaymasi.


445
g‘ilof vositasida ajralib turadi. Yasmiqsimon o‘zak bir-biriga pa-
rallel yo‘nalgan oq qatlam yordamida uch bo‘lakka bo‘linadi. La-
teral bo‘lak to‘q kulrang bo‘lib, qobiq deb ataladi. Medial joylash-
gan rangsizroq ikki qismi rangpar shar deb ataladi.
Ixota orolcha sohasida, qobiq bilan orolcha po‘stlog‘i orasida 
joylashgan, yupqa kulrang modda qatlamidir. U qobiqdan tash-
qi g‘i lof bilan, orolcha po‘stlog‘idan esa eng tashqi g‘ilof vosita-
sida ajralib turadi.
Bodomsimon tana chakka bo‘lagining oq moddasi uchida qo-
biq ostida joylashgan bir nechta o‘zaklardan iborat bo‘lib, ular 
tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bodomsimon tana po‘st-
loq osti hidlov markazi vazifasini bajaradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling