Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   422
Bog'liq
True

To‘rsimon formatsiya. Miya so‘g‘oni va oraliq miyaning o‘zi-
ga xos o‘zaklari orasida ko‘p sonli kuchli tarmoqlangan o‘simta-
lari quyuq to‘r hosil qilgan hujayralar to‘plami joylashgan bo‘lib, 
ular to‘rsimon formatsiya deb ataladi. Retseptorlardan bosh miya 
po‘stlog‘ining sezuvchi sohalariga, sezgining ayrim turlarini o‘tka-
zuvchi yo‘llar miya so‘g‘onida to‘rsimon formatsiya hujayralari-
da tugaydigan tarmoqlarni beradi. Periferiyadan ekstro, intero va 
propriore tseptirlardan kelayotgan impulslar oqimi to‘rsimon for-
matsiya tarki bini doim tonik qo‘zg‘alish holatida ush lab turadi. 
Torsimon formatsiya neyronlaridan nospetsifik yo‘llar bosh-


440
lanadi. Ular yuqoriga po‘stloq osti o‘zaklari va bosh miya po‘st-
log‘iga, pastga esa orqa miya neyronlariga yo‘naladi. To‘rsimon 
formatsiya ni ta’sirlash hara katlantiruvchi effekt chaqirmaydi, 
ammo bor fao liyat ga kuchaytiruv chi yoki tormozlovchi ta’sir 
ko‘rsatadi. Miya so‘g‘onini orqa qismlarini ta’sirlaganda tor-
mozlanish paydo bo‘lsa, oldingi qismlarini ta’sirlaganda refleks-
lar kuchayadi.
To‘rsimon formatsiya bosh miya po‘stlog‘iga kuchli ta’sir kor‘sa-
tib, uning faolligini tutib turadi. O‘z navbatida, bosh miya po‘stlog‘i 
to‘r formatsiya faolligini boshqaradi. 
Oxirgi miya
Oxirgi miya (telencephalon), yoki katta miya (cerebrum) oxir-
gi miya pufagining takomillashuvidan hosil bo‘lib, bosh miya-
ning bo‘ylama tirqishi uni ikki yarimsharga ajratadi. Bosh miya 
yarim sharlari o‘zaro qadoq tana tolalari bilan birlashgan. Bosh 
miya yarim sharlari oq va kulrang moddadan tashkil topgan. Har 
bir yarim shar quyidagi qismlardan iborat: 1) po‘stloq (plashch); 
2) hidlov miyasi; 3) yon qorinchalar; 4) bazal o‘zaklar.
Bosh miya yarimsharlari tashqi tomondan 2–4 mm qalin-
likdagi kul rang qatlam, miya po‘stlog‘i bilan qoplangan. Har 
bir yarimsharda uchta: qavariq ustki lateral yuza, yassi qo‘sh-
ni yarimsharga qaragan medial va ostki yuza tafovut qilina-
di. Miya yarimsharlarining yuzasi turli yo‘nalish dagi egatlar va 
ular o‘rtasida joylashgan pushtalar bo‘lgani uchun murakkab tu-
zilishga ega. Egatlar va pushtalarning kattaligi va shakli indi-
vidual bo‘ladi. Bosh miya yarimsharlarida bir nechta chuqur 
egatlar bo‘lib, ular homila taroqqiyoti jarayonida boshqalardan 
erta paydo bo‘ladi. Har bir yarimshar shunday egatlar yorda-
mida beshta: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha bo‘lakla-
riga bo‘linadi. Bosh miya yarimsharlarining ustki lateral yuza-
sida (194-rasm) frontal sathda joylashgan markaziy (yoki Ro-
land) egati peshona bo‘lagini tepa bo‘lagidan ajratib turadi. Te-
pa bo‘lak ensa bo‘lakdan medial yuzada joylashgan tepa-ensa 
egatidan bosh lanib, pastga tomon yo‘nalgan shartli chiziq yor-
damida ajraladi. Chakka bo‘lakni boshqa bo‘laklardan yon egat 
ajratib turadi. 


441
Miya yarimsharlarining peshona bo‘lagining ustki lateral yuza-
si da markaziy egatga parallel holda markaz oldi pushtasini ajra-
tuvchi mar kaz oldi egati o‘tadi. Markaz oldi egatidan oldinga qa-
rab, ustki va pastki peshona egatlari yo‘naladi. Bu egatlar pesho-
na bo‘lagining ustki lateral yuzasini qolgan qismini ustki, o‘rta va 
pastki pe shona pushtalariga ajrata di.
Tepa bo‘lakda markaziy egatga parallel joylashgan markaz 
orqasidagi egat bo‘lib, ular o‘rtasida markaz orqasidagi pushta 
yota di. Bu pushta yarimsharlarning medial yuzasiga davom eta-
di va peshona bo‘lagining markaz oldi pushtasiga qo‘shilib mar-
kaz yon bo‘lagini hosil qiladi. Markaz orqasidagi egatdan orqaga 
yo‘naluv chi tepa ichidagi egat tepa bo‘lagini ustki va pastki tepa 
bo‘lakchalariga bo‘ladi. Pastki tepa bo‘lakchasida yon egat ning 
uchini o‘ragan qirg‘oq usti pushtasi va ustki chakka egatining 
uchini o‘ragan burchakli pushta tafovut qilinadi.
Chakka bo‘lagining ustki lateral yuzasida lateral egatga pa-
rallel joylashgan ustki va pastki chakka egatlari bor. Bu egatlar 
chakka bo‘lagini ustki, o‘rta va pastki chakka pushtalariga ajra-
tadi. Ensa bo‘lagi nisbatan kichik bo‘lib, uning egat va pushtalari 
juda o‘zga ruvchan bo‘ladi.
Orolcha yon egatning tubida joylashgan bo‘lib, uni ko‘rish 
uchun peshona, tepa va chakka bo‘laklarining qopqoq qismini 
olib tashlash kerak bo‘ladi. Orolcha boshqa bo‘laklardan chu-
qur orolchaning halqasimon egati vositasida ajralib turadi. Orol-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling