Anatomiya 2014. indd


Afferent o‘tkazuv yo‘llari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   422
Bog'liq
True

Afferent o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptiv, propriotseptiv va in-
tratseptiv tizim tolalariga bo‘linadi. Ekstratseptiv markazga inti-
luvchi yo‘llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv 
impulslari o‘tadi. Bu yo‘llarga harorat, og‘riq, tanaga bo‘ladigan 
bosim hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o‘tkazuv yo‘llar kiradi.
Propriotseptiv markazga intiluvchi yo‘llar mushaklar, paylar, 
bo‘ g‘im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa 
miya dan bosh miyaga o‘tkazib beradi.
Sezuvchi uzun proyeksion o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptorlar, 
propriotseptorlar va interotseptorlardan kelayotgan impulslarni 
orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘ining sezuv, harakat markaziga 
va miyachaga o‘tkazib beradi. Bu yo‘llarning o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, ular uch neyrondan iborat bo‘lib, birinchi ney-
roni bosh va orqa miyadan tash qarida, orqa miya tuguni yoki bosh 
miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan soxta unipolyar 
hujayralar tash kil qiladi.
1. 
Orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi chuqur (proprio-
tseptiv) sezgini o‘tkazuvchi yo‘l (Goll va Burdax dastalari). Bu 
yo‘l mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardan ta’sirotni qabul qiluv-
chi propriotseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining 
markaz oldi pushtasida tugaydi. U uch neyrondan iborat. Goll va 
Burdax dastalarining birinchi neyroni orqa miya tugunining soxta 
unipolyar hujayralaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari orqa 
miya nerv lari tarkibida proprioretseptorlardan ta’sirotni olib ke-
ladi. Ularning markaziy o‘siqlari orqa ildiz tarkibida orqa shoxga 
kirmasdan orqa tizimchada medial joylashgan nozik (Goll) dasta-
sini va lateral joylash gan ponasimon (Burdax) dastasini hosil qi-


451
ladi. Orqa tizimcha tarkibida birinchi neyron tolalari uzunchoq 
miyaning nozik va ponasimon o‘zaklari hujayralarida tugaydi. 
Goll dastasi oyoqlar va tananing past ki qismidan, Burdax dastasi 
esa tananing yuqorigi qismi, bo‘yin va qo‘ldan kelayotgan chuqur 
propriotseptiv sezgilarni o‘tkazadi.
II neyron nozik va ponasimon o‘zak hujayralari. Ularning to-
lalari uzunchoq miyada o‘zaro kesishib, qovuzloq kesishmasini 
hosil qiladi va medial qovuzloq tarkibiga kiradi. Medial qovuz-
loq tarkibida ikkinchi ney ron tolalari ko‘prik va o‘rta miyaning 
qopqoq qismidan o‘tib ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagi-
da tugaydi.
III neyron ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagi hujayrala-
ri. Ularning aksonlari ichki g‘ilofning orqa oyoqchasi orqali o‘tib, 
bosh miyaning markaz oldi pushtasini IV qavat hujayralarida tu-
gaydi.
2. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling