Anatomiya 2014. indd


Odamning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   422
Bog'liq
True

Odamning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari. Agar hayvon-
lar uchun shartli ta‘sirlovchi bo‘lib narsa va hodisalar rol o‘yna-
sa, odam uchun shartli ta’sirlovchi vazifasini so‘z bajaradi. Och 
odamni so‘lagi faqat ovqatni ko‘rganda emas, balki u haqida ga-
pirganda ham ajraladi. So‘z va so‘zlash odamga xos ikkinchi sig-
nal tizimini tashkil qiladi. Odam uchun so‘z bu tushuncha. So‘z 
yordamida umumiy tu shuncha hosil bo‘ladi, odamning fikrlashi 
kelib chiqadi. Eshitilayot gan, ko‘rilayotgan (yozma so‘z), ayti-
layotgan so‘zlar ikkinchi signal tizimi bo‘ladi, Odamda ikkinchi 
signal tizimi, so‘zlash orqali juda ko‘p vaqtinchalik bog‘lanishlar 
hosil bo‘ladi.
Nerv faoliyatida ikki jarayon: qo‘zgalish va tormozlanish 
o‘zaro bog‘langan holatda faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘zg‘alish shartli 
refleksni hosil qilishda va uni o‘tkazishda ishtirok etadi. Tormoz-
lanish jarayoni esa shartli feflekslarni atrof-muhitga nozik, aniq 
va to‘liq moslashish mexanizmiga aylantiradi. I.P. Pavlov ta’biri-
cha po‘stloqqa ikki xil: shartsiz va shartli tormozlanish xos. Shart-
siz tez hosil bo‘ladi. Shartli tormozlanish shaxsiy tajriba jarayo-
nida hosil bo‘ladi.
Uyqu. Odam hayotining asosiy shartlaridan biri uyqu bilan 
tetik holatning almashinib turishidir. Odam uyqudan mahrum 
bo‘lganida mu shaklar kuchsizlanib, og‘riqqa sezuvchanlik oshadi, 
galyutsinatsiya va og‘ir psixik o‘zgarishlar vujudga keladi. Odam 
hayotining deyarli uchdan bir qismi uyquda o‘tadi.
Uyqu vaqtida odam hushini yo‘qotadi, miya po‘stlog‘ining fa-
olligi pasayadi, mushaklar tonusi va sezuvchanlik susayadi. Bunda 
vegetativ faoliyatlar ham o‘zgaradi: energiya almashinuvi, yurak 
urishi, qon bosimi, tana harorati pasayib, nafas sekinlashadi. 
Uyquning ikki: sekin va tez davrlari tafovut qilinadi. Sekin va 
tez uyqular davriy bo‘lib, har 60–80 minutda takrorlanadi. 7,5 
soat uxlagan katta yoshli odam 1,5–2 soatni tez uyquda, qolgan 
5,5–6 soatni sekin uyquda o‘tkazadi.
Sekin uyqu vaqtida vegetativ faoliyatlar susayadi – qorachiqlar 
torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko‘payib, ko‘z yoshi va 
so‘lak ajralishi kamayadi, ichki a’zolar faoliyati sustlashadi. EEG-
da katta amplitudali sekin delta to‘lqinlar qayd qilinadi.
60–80 minutdan keyin davriy kelib chiqadigan va yarim saot-


461
larcha davom etadigan tez uyqy davrida aksincha «vegetativ 
to‘zon» kuzatiladi. Skelet mushaklari tinch va tonusi pasaygan 
holatda bo‘l sa-da, bu davr da odam ko‘rayotgan tushida ishtirok 
etadi, ichki a’zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan darajada o‘z faoliyatini tezlashtiradi. EEG-
da tetiklik ho latiga xos bo‘lgan kam amplitudali tez beta to‘lqinlar 
qayd qilinadi. Tez uyqu davrida ko‘z olmasi harakati tezlashadi. 
Bu vaqtda uyg‘otilgan odam tush ko‘rganini aytadi. Bu davr para-
doksal uyqu davri deb ataladi. Odamni tez uyqu va tush ko‘rish-
dan mahrum qilinishi esni yo‘qotishga ruhiy o‘zgarishlarga olib 
keladi. Tash qi ta’sirlovchilar: sovuq, shovqin, hidlar, ko‘pincha, 
tushni tarkibiga kiradi. Kuygan hid kelganda, uxlayotgan odam 
tushida o‘t o‘chirayotganini ko‘rishi mumkin.
I.P. Pavlov ta’biri bo‘yicha uyqu bu nerv hujayralarini char-
chash va holsizlanishdan saqlovchi tormozlanishdir. Shartli tor-
mozlovchi ta’sir lovchilar ta’siri ostida kelib chiqadigan uyquni, 
I.P. Pavlov po‘stloqqa retseptorlardan kelayotgan afferent impuls-
larni to‘xtashi yoki kamayishi natijasida paydo bo‘ladigan nofaol 
uyqudan farqli ravishda faol uyqu deb atagan. 
Hozirgi vaqtda uyquni bosh miya postlog‘ini faolligini yangi 
ish tartibiga o‘tishi deb tushuniladi. Yangi ta’sirlovchilardan ho-
li bo‘lgan miya hujayralari uchun, bedorlik vaqtida kelgan ma’lu-
motlarni ish lab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayon sekin uy-
quga nisbatan chuqurroq bo‘lgan, tez uyqu vaqtida sodir bo‘ladi. 
Bosh miya po‘stlog‘ini tez uyqu vaqtida tez ishlashi bedorlik vaq-
tida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, fikrlash, tartibga solish va 
mustahkamlashga kerak deb o‘ylashadi. Bunda bor ta’sirotlar qay-
ta ishlanadi va miyaga uzoq vaqtga joylashtirib qo‘yiladi.
Uyqu va bedorlik holatlarini boshqarishda miyaning oraliq miya 
(talamus va gipotalamus) va to‘rsimon formatsiya ishtirok etadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling