Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   422
Bog'liq
True

Nerv tizimi patologiyasi
Nerv tizimi kasalliklaridan eng ko‘p meningit va ensefalit uch-
raydi.
Meningit yuqumli kasalliklarini (gripp, pnevmoniya, sil) yoki 
(ko‘z, quloq, burun) yiringli kasalliklari oqibati bo‘lishi mumkin. 
Ayrim hollarda mustaqil kasallik ko‘rinishida yuzaga chiqadi.


465
Kechishi bo‘yicha meningit: o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir, surunkali 
bo‘ ladi. O‘tkir meningit, o‘z navbatida, seroz va yiringli kechadi. 
Me ningit da miya pardalari shishib, qalinlashib, tomirlari qonga 
to‘ lishib qoladi. Miya pardalarini ta’sirlanish belgilaridan tashqa-
ri, yana umummiya simptomlari, parez va paralichlar, sezgi buzi-
lishlari kelib chiqadi, miya pardalari yopishishi tufayli, likvorodi-
namika buziladi. Yiringli meningit da miya pardalari qalinlashib
xiralashib, qonga to‘lishib qoladi, miya yuza sida yiring to‘plana-
di. Vaqtida davolansa, bemor sog‘ayib ketadi, og‘ir hollarda aqli 
zaif bo‘lib qoladi yoki o‘lim bilan tugallanadi.
Ensefalit – miya to‘qimasining yallig‘lanishi. Kasallik o‘tkir 
va surunkali kechadi. Ensefalitni viruslar, rikketsiyalar, ensefa-
lit kanasi, bakteriyalar keltirib chiqaradi. Yana yuqumli, allergik, 
toksik kasalliklar oqibati bo‘lishi mumkin.
Kanalar chaqqanida virus qonga tushadi, so‘ngra parenxi-
matoz a’zolarga, bosh miyaga o‘tadi. Virus neyrotrop xususiyat-
ga ega bo‘l ganligi uchun miyaning asab hujayralarini shikastlay-
di. Ularda distrofik, nekrobiotik, nekrotik jarayonlar kuzatila-
di, miya to‘qimasi halokatga uchraydi. Uni o‘rnida biriktiruvchi 
to‘qima o‘sib ketadi. Yosh bolalarda emlashdan so‘ng allergik en-
sefalitlar ham bo‘lishi mumkin.
Ensefalit kamdan kam surunkali kechadi. Ensefalitni boshdan 
kechirganlarda asab faoliyati buzilib – sezgi, harakatda o‘zgarishlar 
kuzatiladi. O‘gir hollarda bemor komaga tushib, o‘lim yuz beradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling