Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya nervlari
Periferik nerv tizimi
Periferik nerv tizimi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, bosh va orqa miya nervlarining sezuvchi tugunlari va ularning shoxlari kiradi. Uning asosini bosh va orqa miyada hamda nerv tugunlarida joylash gan nerv hujayralarining o‘siqlari hosil qiladi. Ular impulslarni periferiyadan markazga (sezuvchi), markazdan tana mushaklariga (harakatlantiruvchi), markazdan ichki a’zolar- ga, qon tomirlar va bezlarga olib boruvchi (avtonom) tolalardan iborat. Bosh miya nervlari Bosh miya nervlari bosh miya so‘g‘onidan chiquvchi 12 juft nerv dan iborat (197-rasm). Ular quyidagilar: 466 I juft – hid biluv nervi – nervus olfactorius; II juft – ko‘ruv nervi – nervus opticus; III juft – ko‘zni harakatlantiruvchi nerv – nervus oculomato- rius; IV juft – g‘altak nervi – nervus trochlearis; V juft – uch shoxlik nerv – nervus trigeminus; VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv – nervus abducens; VII juft – yuz nervi – nervus facialis; VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi – nervus vestibulocochlearis; IX juft – til-yutqin nervi – nervus glossopharyngeus; X juft – adashgan nerv – nervus vagus; XI juft – qo‘shimcha nerv – nervus accessories; XII juft – til osti nervi – nervus hypoglossus. Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda kalla ning taroqqiyotini tana va orqa miya taroqqiyotidan bosh qacha bo‘lishiga bog‘liq. Bosh miya nervlari tolalari tarkibiga qarab: sezuvchi nerv- lar (I, II va VIII juftlar) sezgi a’zolari nervlari hisoblanadi, harakatlantiruv chi nervlar (III, IV, VI, XI va XII juftlar) va ara- lash nervlar (V, VII, IX va X juftlar) kiradi. Oxirgi guruh nervlar tarkibida sezuv chi, harakatlantiruv chi va avtonom tolalar bo‘la- di. Avtonom tolalar III juft tarkibida ham bo‘ladi. Avtonom to- lalar ichki a’zolarning silliq mushaklari va bezlarini innervatsiya qiladi. Sezuvchi bosh miya nervlarining tugunlari bo‘ladi. Ammo nervlarning bunday bo‘linishi shartli ravishda, chunki har qanday harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va avtonom tola- lar bo‘ladi. Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o‘xshab orqa va ol- dingi il dizlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bo‘lgani uchun harakatlan- tiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo‘ladi. Bun- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling