Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   422
Bog'liq
True

Ensaning kichik nervi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu-
shakning orqa chekkasidan chiqadi. Mushakning orqa chekkasi 
bo‘ylab yuqo riga ko‘tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismi 
terisini va quloq chig‘anog‘ining orqa yuzasi terisini innervatsiya 
qiladi.
2.
 Quloqning katta nervi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu-
shakning lateral tomonidan qiyshiq yo‘nalib, quloq suprasi va 
tash qi eshituv yo‘li terisini innervatsiya qiladi.
3. 
Bo‘yinning ko‘ndalang nervi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon 
mu shakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko‘ndalang 
yo‘nalib, ustki va pastki tarmoqlarga bo‘linib, bo‘yinning oldingi 
va lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
4. 
O‘mrov usti nervlari 3–5 ta bo‘lib, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsi-
mon mushakning orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishi-
ga qarab medial, oraliq va lateral o‘mrov usti nervlariga bo‘linadi. 
O‘mrov usti nerv lari pastga va orqaga qarab yo‘nalib, deltasimon 
va katta ko‘krak mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi.


477
Harakatlantiruvchi (mushak) tarmoqlari chigal atrofida joy-
lash gan bo‘yinning chuqur mushaklarni innervatsiya qiladi. Ha-
rakatlantiruvchi tarmoqlardan bittasi til osti nervidan chiquvchi 
tarmoq bilan qo‘shilib, bo‘yindagi nerv qovuzlog‘ini hosil qiladi. 
Uning tarmoq lari til osti suyagining ostidagi mushaklarni inner-
vatsiya qiladi. Bundan tashqari bo‘yin chigalidan to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklar 
ga ham tarmoqlar 
chiqadi.
Aralash tarmoqqa diafragma nervi kiradi. Bu nerv III–IV bo‘-
yin nerv larining oldingi shoxlaridan hosil bo‘lib, oldingi narvon-
simon mushakning oldingi yuzasi bo‘ylab pastga tushadi. Ko‘krak 
qafasining ustki aperturasi orqali o‘mrov osti arteriyasi va vena-
si o‘rtasidan ko‘krak qafasiga kiradi. Ko‘krak qafasida o‘pka il-
dizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o‘rtasi-
dan o‘tib, diafragmada tarmoqlanadi. Uning harakatlantiruvchi 
tolalari diafragmani, sezuv chi tolalari plevra va perikardni inner-
vatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma-qorin tarmoqlari qorin 
bo‘shlig‘iga o‘tib, diafragmani qop lagan qorinpardani innervatsiya 
qiladi. O‘ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi.
Yelka chigali (plexus brachialis) to‘rtta pastki bo‘yin, qis-
man IV bo‘yin va I ko‘krak nervlarining oldingi shoxlaridan ho-
sil bo‘ladi. Narvonsimon mushaklar oralig‘ida bu nervlar o‘zaro 
qo‘shilib uchta: ustki, o‘rta va pastki poyani hosil qiladi (202-
rasm). Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig‘idan pastga 
tomon yo‘nalib, o‘mrov suyagiga nisbatan ikki: o‘mrov usti va 
o‘mrov osti qismlarga bo‘linadi.
Yelka chigalining o‘mrov osti qismi qo‘ltiq osti arteriyasini 
uch tomondan o‘rab turuvchi uchta dastaga bo‘linadi. Arteriya-
ning medial tomonida medial tutam, lateral tomondan lateral tu-
tam, orqa tomonida orqa tutam joylashadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling