Anatomiya 2014. indd
Yelka terisining medial nervi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 203-rasm. O‘ng qo‘l kaftning orqa yuzasi terisini innervatsiyasi chizmasi
Yelka terisining medial nervi medial dastadan boshlanib,
yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U yelka fassiyasini teshib o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. 3. Bilak terisining medial nervi medial dastadan boshlanib yel- ka arteriyasini yonida yotadi. Yelkaning o‘rta qismida fassiyani teshib, teri ostiga chiqib, bilakka tushadi va bilakning oldingi me- dial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi bilak nervi (n. ra dia lis)dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka- mu shak kana li da yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkada bilak ner- vi yelkaning orqa guruh mushaklari bilan yelkaning orqa lateral yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelkaning lateral mushaklararo to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib, yel- ka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yota- di. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chu- qur tarmoqlarga bo‘linadi. Bilak nervining yuza tarmog‘i bilak arteriyasi bilan kaftning orqa yuzasiga o‘tadi va bosh barmoq tomon- dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi 203-rasm. O‘ng qo‘l kaftning orqa yuzasi terisini innervatsiyasi chizmasi: 1–bilak nervining yuzaki tarmog‘i; 2, 3–barmoq- larning orqa nervlari; 4–tirsak nervining orqa tarmog‘i. 204-rasm. O‘ng qo‘l kaftining nervlari: 1–o‘rtadagi nerv; 2–tirsak nervi; 3–tirsak nervi- ning yuzaki tarmog‘i 4–tirsak nervining chuqur tarmog‘i; 5–kaft yuzasidagi barmoqlarning umu- miy nervlari; 6–kaft yuzasidagi barmoqlarning xususiy nervlari. 481 (203-rasm). Bilak nervining chuqur tarmog‘i bilakning orqa yuza- siga o‘tib, barcha orqa guruh mushaklarni innervatsiya qiladi. Bilak nervidan yelka-mushak kanalida chiqqan bilakning orqa teri nervi yelka fassiyasini teshib o‘tib, yelkaning pastki qismi or- qa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bel chigali (plexus lumbalis) yuqorigi uchta bel, shuningdek, qisman XII ko‘krak va IV bel orqa miya nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Bel chigali bel umurtqalarining ko‘nda- lang o‘simtalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining ol- dingi yuzasida, katta bel mushagining orqasida joylashadi. Uning shoxlari katta bel mushagining chekkalaridan yoki uni teshib chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi tanosil a’zolarga yo‘na- ladi. Bel chigalidan quyidagi shoxlar chiqadi: 1. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling