Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   422
Bog'liq
True

Mushak shoxlari ko‘p sonli bo‘lib, belning kvadrat mushagi, 
belning katta va kichik mushaklari va belning ko‘ndalang o‘siq lar 
oralig‘idagi mushaklarini innervatsiya qiladi.
2. 
Yonbosh-qorin osti nervi belning kvadrat mushagining ol-
dingi yuzasidan chiqib, tashqi tomonga qovurg‘a osti nerviga pa-
rallel yo‘naladi. Bu nerv qorinning yon guruh mushaklari va qo-
rinning to‘g‘ri mu shagini, shuningdek, qorinning oldingi devori 
pastki qismi va dumbaning ustki lateral yuzasi hamda sonning yu-
qori lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
3. 
Yonbosh-chov nervi yuqoridagi nervga parallel yo‘naladi. 
Bu nerv qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklari o‘rta-
sidan o‘tib, qorinning yon guruh mushaklarini innervatsiya qi-
ladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan 
chiqqach, chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg‘oq (ayollar-
da katta uyatli lablar) terisini innerva tsiya qiladi.
4. 
Son-jinsiy nervi katta bel mushagini teshib o‘tib, ikki: jin-
siy va son tarmoqlariga bo‘linadi. Jinsiy tarmog‘i chov kanali-
ga kirib erkaklarda moyakni ko‘taruvchi mushakni, moyakning 
go‘shtdor pardasini va terisini hamda sonning medial yuzasi te-
risini innervatsiya qiladi. Ayollarda bachadonning yumaloq boy-
lamini, katta uyatli lab lar terisini, shuning dek, son kanali tashqi 
teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son tarmog‘i tomirlar 
sohasi botig‘idan o‘tgach, son uchburchagi sohasi terisini inner-
vatsiya qiladi.
5. 
Son terisining lateral nervi (n. cutaneus femoris lateralis) 
katta bel mushagining lateral chekkasidan chiqib, yonbosh mu-


482
shagining oldingi yuzasida pastga va tashqariga yo‘naladi. Chov 
boylamining lateral qismi ostidan songa o‘tadi va sonning lateral 
yuzasi terisini tizza bo‘g‘imigacha innervatsiya qiladi.
6. 
Yopqich nerv (n. obturatorius) katta bel mushagining me-
dial chekkasidan pastga yo‘nalib kichik chanoq bo‘shlig‘iga tu-
shadi. O‘z nomidagi arteriya va vena bilan birga yopqich ka-
nal orqali o‘tib, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarini, sonning 
medial yuzasi terisini va chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervat-
siya qiladi.
7. 
Son nervi (n. femoralis) bel chigalining eng katta shoxi (205-
rasm). U katta bel va yonbosh mushaklarining o‘rtasidagi egat 
bo‘ylab yo‘nalib, mushaklar sohasi botig‘i orqali son uchburcha-
giga chiqadi. Chov boylamidan biroz pastroqda son nervi quyida-
gi tarmoqlarga bo‘linadi: a) mushak tarmoqlari sonning oldingi gu-
ruh mushaklarini innervatsiya qiladi; b) oldingi teri tarmoqlari 3–5 
ta bo‘lib, sonning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi; 
d) teri osti nervi boldirning oldingi medial yuzasi terisini innervat-
siya qiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling