Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Avtonom nerv tizimi
Avtonom nerv tizimi organizmning o‘sishida ishtirok etadigan a’zolar faoliyatini boshqaradi. U a’zolar faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, natijada a’zolarning tonusi o‘zgaradi. Avtonom nerv tizimi ikki: markaziy va periferik qismlarga bo‘- linadi. Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohala- rida joylashgan to‘rt qismdan iborat: 1. Mezensefal qism – o‘rta miyada, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv ning qo‘shimcha (Yakubovich) o‘zagi. 2. Bulbar qism – uzunchoq miyada va ko‘prikda joylashgan VII, IX, X juft bosh miya nervlarining avtonom o‘zaklari. 3. Torokolumbal qism – orqa miyani C VIII –Th I –L III segment- larining oraliq lateral ustunlaridagi avtonom o‘zaklar. 4. Sakral qism – orqa miyaning S II–IV segmentlari sohasida joy- lash gan oraliq medial o‘zaklar. Avtonom nerv tizimining periferik qismi tarkibiga: 1. Avtonom nervlar, ularning shoxlari va tolalari. Avtonom tolalar tugun oldi (preganglionar) va tugun orqa (postganglionar) 486 tolalarga bo‘linadi. Tugun oldi tolalar markazdan avtonom tugun- gacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan a’zolargacha boradi. 2. Avtonom nerv tugunlari joylashishiga qarab: a) paravertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining yon tomoni- da joylashadi. b) prevertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining old tomonida joylashadi. Bu ikki guruh tugunlar simpatik nerv tizimiga taalluqli. d) intramural tugunlar – ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular mu shak pardada (harakatlantiruvchi, Aurbax), shilliq osti (sezuvchi, Meys ner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugun- lariga bo‘linadi. e) oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo‘nalishida) joylashgan tugunlar. Bu ikki guruh tugunlar parasimpatik nerv tizi- miga taalluqli. 3. Avtonom nerv chigallari bo‘shliqlarda qon tomirlar va a’zolar atrofida joylashadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling