Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Simpatik nerv tizimi
Avtonom nerv tizimining simpatik qismining markazini orqa miyaning VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va yuqorigi ikkita bel seg- mentlarining oraliq lateral ustunida joylashgan avtonom o‘zaklar hosil qiladi. Uning periferik qismi tarkibiga: 1) o‘ng va chap sim- patik poya; 2) qo‘shuvchi tolalar; 3) umurtqa pog‘onasi oldida va yonida, shuningdek, yirik qon tomirlar atrofida joylashgan simpa- tik tugunlar; 4) vegetativ nerv chigallari va ulardan a’zolarga bo- ruvchi nerv lar kiradi. Simpatik nerv tizimining tugun oldi tolalari orqa miyaning yon ustunlari hujayralarining o‘siqlaridan iborat. Bu o‘siqlar or- qa miyadan oldingi ildiz tarkibida chiqib, orqa miya nervidan umurtqalar aro teshikdan o‘tgach oq qo‘shuvchi tolalar bo‘lib 488 ajraydi. Bu tolalar yaqinida joylash gan simpatik poya tugunlari- ga qo‘shiladi. Oq qo‘shuvchi tolalar VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va ikkita yuqoriga bel nervlari tarkibida bo‘ladi. Bu tolalar bar- cha ko‘krak va ikkita yuqorigi bel tugunlariga birikadi. Simpa- tik poyaning qolgan tugunlariga oq qo‘shuvchi tolalar bormaydi. Ularga preganglionar tolalar simpatik poyaning ko‘krak va bel tu- gunlaridan tugunlararo tolalar orqali uzilmasdan boradi. Simpa- tik poya – juft a’zo bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomoni- da joylashgan. U kalla asosidan boshlanib, pastga tomon yo‘na- ladi. Ularning pastki uchlari bir-biriga yaqinlashib, birinchi dum umurtqasining oldingi yuzasida joylash gan toq tugunda tugaydi. Simpatik poyani 20–25 ta simpatik tugunlar va ularni o‘zaro bi- riktiruvchi tugunlararo tarmoqlar hosil qiladi. Simpatik poya tu- gunlari duksimon, oval, uchburchak va ko‘p burchakli shakllar- da uchraydi. Simpatik poyaga oq qo‘shuvchi tolalar keladi. Un- dan orqa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tolalar ichki a’zo- larga nervlar chiqadi. Simpatik poyada to‘rt: bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza qismlari tafovut qilinadi. Simpatik poyaning bo‘yin qismi kalla asosidan to I qovurg‘a bo‘ynigacha davom etadi. Bu qismda simpatik poya bo‘yin chu- qur mushaklarini oldida, umurtqa oldi fassiyasining orqasida yot- gan uchta tugun tafovut qilinadi. Bu tugunlarga preganglionar to- lalar orqa miyaning VIII bo‘yin va yuqorigi 6–7 ko‘krak segment- lari vegetativ o‘zaklaridan tugunlararo tolalar orqali keladi. Bar- cha bo‘yin tugunlaridan orqa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tolalar chiqadi. Ustki bo‘yin tuguni eng katta simpatik tugun bo‘lib, uning to- lalari bosh va bo‘yindagi a’zolarni innervatsiya qiladi. Uning tar- moqlari ichki va tashqi uyqu arteriyalari atrofida chigallar hosil qiladi va ularning tarmoqlari bo‘ylab ko‘z yoshi bezi, so‘lak bezla- ri, halqum, hiqildoq, til shilliq pardasi bezlariga, qorachiqni ken- gaytiruvchi mu shakka boradi. O‘rta bo‘yin tuguni doimiy emas. Uning tolalari pastki qal- qonsimon arteriya atrofida chigal hosil qilib, yo‘naluvchi tarmog‘i qalqonsimon va qalqon orqa bezlarini innervatsiya qiladi. Pastki bo‘yin tuguni, ko‘pincha, birinchi ko‘krak tuguni bilan qo‘shilibб bo‘yin-ko‘krak yoki yulduzsimon tugunni hosil qiladi. Bu tugundan o‘mrov osti va umurtqa arteriyasi atrofida chigal ho- sil qilib, uning tarmoqlari bo‘ylab yo‘naluvchi tarmoqlar chiqadi. 489 Bundan tashqari uchta bo‘yin tugunidan yurakka yo‘naluvchi ust- ki, o‘rta va pastki bo‘yin nerv lari chiqib, pastga ko‘krak qafasiga yo‘naladi. Bu nervlar adashgan nerv tarmoqlari bilan yurak chiga- lini hosil qiladi va uni innervatsiyasida qatnashadi Simpatik poyaning ko‘krak qismi (208-rasm) qovurg‘alarning bo‘y ni sohasida joylashgan bo‘lib, ustidan parietal plevra qopla- gan. Bu qism 10–12 ta uchburchak shakldagi, o‘lchamlari 3–5 mm bo‘lgan ko‘krak tugunlardan iborat. Bu tugunlarga barcha ko‘krak orqa miya nervlaridan chiquvchi preganlionar tolalardan iborat oq qo‘shuvchi tarmoq lar keladi. Ko‘krak tugunlaridan ko‘krak or- qa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tarmoqlar chiqadi. II–V ko‘krak tugunlaridan aortaga, yurakka, o‘pka, qizilo‘ngachga tar- moqlar chiqib, chigallar hosil qilishda ishtirok etadi. V–IX ko‘krak tugunlarining tolalari ichki a’zolarning katta ner- vini hosil qilsa, X–XI ko‘krak tugunlari tolalariridan ichki a’zolar- ning kichik nervi hosil bo‘ladi. Bu nervlar diafragmaning bel qis- mi oyoqchalari o‘rtasidan qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, qorin (quyosh) chigalini hosil qilish da ishtirok etadi. Simpatik poyaning bel qis mi 3–5 ta duk shaklidagi o‘l cham- lari 6 mm bo‘lgan bel tu gunlardan iborat. Ular bel umurtqalari ta- nasini oldingi yon tomonida, katta bel mu shagining ichki chek- kasida bir-biriga juda yaqin joylash gan bo‘ lib, oldindan qorinpar- da or qa fassiyasi qoplaydi. O‘ng va chap tomondagi bel tugun- lari o‘zaro umurt qalarning old tomoni da joylashgan ko‘ndalang qo‘shuv chi tola lar vositasida birikkan. Yuqo rigi ikkita bel tuguni- ga I va II bel nerv laridan oq qo‘shuvchi tarmoqlar keladi. Bel tu- gunlaridan: 1) kul rang qo‘shuvchi tarmoqlar bel orqa miya nerv- lariga qo‘shiladi; 2) bel sohasidagi ichki a’zo- lar nervlari quyosh, aorta, buyrak usti bezi va buyrak chigallarini hosil qilishda ishtirok eta- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling