Anatomiya 2014. indd


Son terisining orqa nervi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   422
Bog'liq
True

 Son terisining orqa nervi noksimon mushak osti teshigi-
dan past ga yo‘nalib, oraliq terisini, dumba sohasi va sonning or-
qa medial yuzasi terisini taqim osti chuqurchasigacha innerva-
tsiya qiladi.
2.
 O‘tirg‘ich nervi (n. ischiadicus) odam tanasi-
dagi eng katta nerv. Chanoq bo‘shlig‘idan nerv nok-
simon mushak osti teshigi orqali dumba sohasiga 
206-rasm. O‘tirg‘ich nervi va uning tarmoqlari:
1–o‘tirg‘ich nervi; 2–sonning ikki boshli mushagining kal-
ta boshchasi; 3–sonning ikki boshli mushagining uzun bosh-
chasi; 4–umumiy kichik boldir nervi; 5–boldir lateral teri-
sining nervi; 6–kichik boldir qo‘shuvchi tarmog‘i; 7–boldir 
mushagini lateral boshchasi; 8–boldir nervi; 9–tovon payi; 
10–tovon sohasidagi lateral tarmoqlari; 11–orqa-lateral teri 
nervi; 12–oyoq kaftining lateral va medial nervlari; 13–tovon 
sohasining medial tarmoqlari; 14–katta boldir nervi; 15–bol-
dir mushagining medial boshchasi; 16–boldir terisining me-
dial nervi; 17–yarim pardali mushak; 18–yarim payli mus-
hak; 19–oraliq sohasidagi tarmoqlar; 20–dumba sohasining 
ostki nervlari; 21–son terisining orqa nervi; 22–noksimon 
osti teshigi.


484
chiqadi va katta dumba mushagi ostida yotadi. Sonda o‘tirg‘ich 
nervi sonning ikki boshli mu shagi bilan yarimpay mushak o‘rtasi-
dagi egatda past ga yo‘naladi. Sonning past ki qismida (ba’zi hol-
larda yuqori qismida) o‘tirg‘ich nervi ikki tarmoq qa: medial to-
monda joylashgan kattaroq katta boldir nervi va lateral tomon-
dagi ingichkaroq umumiy kichik boldir nerviga bo‘linadi. Sonda 
o‘tirg‘ich nervi ichki yopqich, egizak, sonning kvadrat, yarim pay, 
yarimparda, sonning ikki boshli mushagi uzun boshini va katta 
yaqin lashtiruvchi mushakning orqa qismini innervatsiya qiladi.
Katta boldir nervi o‘tirg‘ich nervning bevosita davomi bo‘lib 
(206-rasm), taqim osti chuqurchasini o‘rtasida fassiya ostida yota-
di. Taqim osti chuqurchasining pastki burchagida boldir musha-
gini lateral va medial boshi o‘rtasidan o‘tib, boldir-taqim osti ka-
nalida pastga tomon yo‘naladi. Kanalga kirgunicha undan boldir 
terisining medial nervi chiqadi. Kanaldan chiqqach, medial to‘piq 
orqasida oyoq kaftining lateral va medial nervlariga bo‘linadi. 
Katta boldir nervi kanaldan o‘tayotganida boldirning orqa guruh 
mushaklarini innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftinig medial nervi oz nomidagi egatida shu nomli ar-
teriya bilan yo‘nalib, oyoq kafti mushaklaridan oyoq bosh bar-
mog‘ini uzoq lashtiruvchi va bukuvchi kalta mushakni, barmoqlar-
ni bukuvchi kalta, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mu-
shaklarni, shuning 
dek, I–IV barmoqlarning bir-biriga qaragan 
yuzalari terisini innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftining lateral nervi
 lateral oyoq kafti egatida o‘z no-
midagi arteriya bilan yotadi va IV kaft suyagi oralig‘ining prok-
simal uchida u chuqur va yuza tarmoqlarga bo‘linadi. Yuza tar-
mog‘i V barmoq kaft tomoni lateral yuzasi terisini va IV–V bar-
moqlari terisini bir-biriga qaragan yuzasini innervatsiya qiladi 
Chuqur tarmog‘i suyaklararo mushaklarni, 3 va 4 chuvalchang-
simon mushakni, oyoq bosh barmog‘ini yaqinlashtiruv chi mu-
shakni, oyoq bosh barmog‘ini bukuvchi kalta mushakning late-
ral boshini, oyoq kaftining kvadrat mushagi va jimjiloq barmoqni 
uzoq lashtiruvchi mushakni innervatsiya qiladi.
Umumiy kichik boldir nervi o‘tirg‘ich nervidan ajragandan 
ke yin, lateral tomonga yo‘nalib, kichik boldir suyagi boshchasini 
aylanib o‘tadi. U uzun kichik boldir mushagi ichida yuza va chu-
qur kichik boldir nerviga bo‘linadi. Bo‘linishidan oldin taqim osti 
chuqurchasida umumiy kichik boldir nervidan boldirning lateral 


485
tomoni terisini innervatsiya qiluv chi boldirning lateral teri nervi 
chiqadi. Bundan tashqari umumiy kichik boldir nervi sonda son-
ning ikki boshli mushagini kalta boshini va tizza bo‘g‘imi xalta-
sini innervatsiya qiladi.
Yuza kichik boldir nervi pastga yo‘nalib mushak-kichik bol-
dir kanalida yotadi. Kanaldan o‘tayotganida u uzun va kalta-ki-
chik boldir mu shaklariga tarmoqlar beradi. Boldirning pastki qis-
mida nerv kanaldan chiqib fassiyani teshib o‘tadi va oyoq kafti 
ustki yuzasi terisini I–II barmoqlarni bir-biriga qaragan yuzasi-
dan tash qari qismini innervatsiya qiladi.
Chuqur kichik boldir nervi suyaklararo pardaning oldingi yu-
zasi bo‘y lab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti 
ustiga chiqadi va I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuza-
si terisini, shuningdek, oldingi katta boldir, barmoqlarni yozuv-
chi uzun, oyoq bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak, barmoq-
larni yozuvchi kalta va oyoq bosh barmog‘ni yozuvchi kalta mu-
shaklarni hamda boldir-oyoq panja bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya 
qiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling