Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushak tarmoqlari
- Dumbaning ustki nervi
- Dumbaning pastki nervi
Dumg‘aza chigali (plexus sacralis) V bel, barcha dumg‘aza, qis-
man IV bel orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlarining qo‘shi- lishidan hosil bo‘ladi. Dumg‘aza chigali asosi dumg‘aza suyagining chanoq teshiklariga, uchi esa katta quymich teshigiga qaragan uchburchak shaklida. U kichik chanoq bo‘shlig‘ida dum- g‘aza suyagi bilan noksimon mushak oldingi yu- zasida yotadi. Dumg‘aza chigalining tarmoqlari uzun va qis- qa guruhlar ga bo‘linadi. Dumg‘aza chigalining qisqa tarmoqlariga qu- yi dagilar kiradi: 1. Mushak tarmoqlari ichki yopqich, noksi- mon va sonning kvadrat mushaklarini innervat- siya qiladi. 205-rasm. Son nervi va uning tarmoqlari: 1–qovurg‘a osti nervi; 2–bel-dumg‘aza poyasi; 3–yopqich nervi; 4–tikuvchilar mushagi; 5–teri osti nervi; 6–boldir medial terisining tarmoqlari; 7–sonning to‘rt boshli musha- gi; 8–oldingi teri tarmoqlari; 9–son nervi; 10–son terisining lateral nervi. 483 2. Dumbaning ustki nervi chanoq bo‘sh li g‘idan noksimon mu- shak usti teshigidan shu nomdagi arteriya va vena bilan tash qariga chi qib, o‘rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi. Bu nerv o‘rta va kichik dumba hamda keng fassiyani taranglovchi mu- shaklarni innervatsiya qiladi. 3. Dumbaning pastki nervi chanoq bo‘sh lig‘idan noksimon mu shak osti teshigi orqali chiqib, katta dumba mushagini va cha- noq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. 4. Jinsiy nerv chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib, quymich o‘sig‘ining orqasidan aylanib o‘tib, kichik quy mich teshigi orqali quymich-to‘g‘ri ichak chuqurcha- siga kira di. Bu chuqurchada oldinga tomon yo‘naladi va uning tarmoq lari oraliq mushaklari va terisini innervatsiya qiladi. Jin- siy nerv ning oxirgi tarmoqlari siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tib, er- kaklarda olatning g‘ovak tanasi va olat boshining terisini, ayollar- da klitorning g‘ovak tanasi ni, katta va kichik jinsiy lablar terisini innerva tsiya qiladi. Dumg‘aza chigalining uzun tarmoqlariga son terisining orqa nervi va o‘tirg‘ich nervi kiradi (206-rasm). 1. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling