Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   422
Bog'liq
True

Ko‘rish o‘tkirligi. Ko‘rish o‘tkirligi, deb ko‘zni alohida ikki-
ta nuqtani ko‘rish qobiliyatiga aytiladi. Mo‘tadil holatdagi ko‘z 
to‘r pardadagi soyasini kattaligi 4 mkm, ko‘rish burchagi 1 min 
bo‘lgan buyum ni ko‘ra oladi. Burchak kichik bo‘lsa ko‘rish aniq 
bo‘lmay, nuqtalar qo‘shilib ketadi. Agar kolbachalarga tushgan 
nur zich qator kolbachalarni qo‘zg‘atsa, ko‘z chiziqni ko‘radi. 
Agar bittadan keyin turgan kolbachalar qo‘zg‘alsa, ko‘z alohida 
nuqtalarni ko‘radi. Ikkita alohida nuqtani korish uchun, albatta, 
qo‘zg‘algan kolbachalar o‘rtasidagi eng kamida bitta qo‘zg‘alma-
gan kolbacha turishi kerak.
Ko‘rish o‘tkirligini 12 qator harflar ko‘rsatilgan maxsus jad-
val bilan aniqlanadi. Har bir qatorning chap tomoniga mo‘tadil 
ko‘rishga ega odamga qanday masofadan ko‘rinishi yozib qo‘yil-
gan. Tekshirilayotgan odamni jadvaldan ma’lum masofaga o‘tqa-


500
zib, u xatosiz o‘qiy oladigan qatorni topiladi. Ko‘rish o‘tkirligi 
kuchli yorug‘likda oshadi, kuchsiz yorug‘likda pasayadi. 
Ko‘rish maydoni. Ko‘zni qimirlatmay oldinga qaratganda 
ko‘ringan barcha soha ko‘rish maydoni deyiladi. Markaziy (sa-
riq dog‘ sohasida) va periferik ko‘rish tafovut qilinadi. Eng kat-
ta ko‘rish o‘tkirligi markaziy chuqurcha sohasida. Bu yerda faqat 
kolbachalar to‘plangan bo‘lib, ularning diametri kichik va bir-
biriga tegib turadi. Har bir kolbacha bitta bipolyar neyron bilan 
bog‘langan. U esa, o‘z navbatida, impulsni bosh miyaga yetka-
zuvchi alohida nerv tolalari chiqadigan bitta ganglioz neyron bi-
lan bog‘langan.
Periferik ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan farq qiladi, chun-
ki to‘r par dani chekka qismlarida kolbachalar tayoqchalar bi-
lan o‘ralgan va bir guruh kolbachalar bitta bipolyar neyron bi-
lan bog‘langan. Bunday hujayralarning bir nechtasi o‘z impulsla-
rini bitta ganglioz hujayraga o‘tkazadi. Ko‘zda 140 mln ga yaqin 
retseptor bor bo‘lsa, ko‘ruv nervi tarkibida 1 mln ga yaqin tola 
bo‘ladi. To‘r pardaning chekka qismlari predmetni qismlarini yo-
mon ajratadi, ammo uning harakatini yaxshi qabul qiladi. Bu esa 
tashqi muhitni sezishda katta ahamiyatga ega.
Ko‘rish maydonini Forstner perimetri bilan aniqlanadi. U 
graduslarga bo‘lingan yarim aylana va engakni qo‘yish uchun tag-
likdan iborat (211-rasm).
Tekshiriluvchi bir ko‘zini yopib, ko‘zini oldida turgan ravoq-
ning mar kazida joylashgan oq nuqtaga qadaydi. Ko‘rish maydo-
nining chegarasini perimetrda aniqlash uchun, uning uchidan oq 
markani ravoq bo‘y lab asta suriladi va qimirlamagan ko‘z bilan 
ko‘rish mumkin bo‘lgan burchak aniqlanaqdi. Ko‘rish maydoni 
tashqariga chakkaga katta – 90°,
yuqoriga va pastga – burunga 
70° at rofida.
To‘r pardaning chekka qismlari rangni ajratmaydi. Rangni 
ko‘rish may doni turli ranglar uchun turlicha, 
moviy rang eng tor maydonga ega.
Akkomodatsiya. Ko‘zning turli masofadagi 
buyumlarni aniq ko‘ rishga moslashuvi akkomo-
datsiya deb ataladi. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling