Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri va uning hosilalari Teri
Ta’m bilish a’zosi
Ta’m bilish a’zosi (organum gustus) til so‘rg‘ichlarida, tang- lay, tomoq va hiqildoq usti tog‘ayi shilliq pardalarda joylashgan 2000 ga yaqin ta’m bilish piyozchalaridan iborat. Ta’m bilish piyozchalari ko‘tarma bilan o‘ralgan so‘rg‘ichlarda homila hayo- tining uchinchi oyida paydo bo‘la boshlaydi. Ular takomillash- 509 magan epiteliydan unga til-yutqun nervi tolalari o‘sib kirishi ta’sirida rivojlanadi. Dastlab piyozchalar juda ko‘p bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq zambrug‘simon so‘rg‘ichida juda ko‘p piyoz- chalar bo‘lib, keyin yo‘qolib ketadi. Katta odamlarda ta’m bilish piyozchalarining ko‘p qismi ko‘tarma bilan o‘ralgan, bargsimon so‘rg‘ichlarda, kam qismi zamburg‘simon so‘rg‘ichlarda joylash- gan. Ta’m bilish piyozchalari shilliq parda yuzasiga teshikcha- lar bilan ochiladi, ulardan ta’m bilish hujayralarining o‘simtalari chiqib turadi. Tilning oldingi 2/3 qismidan ta’m bilish yuz nervi- ning nog‘ora tori tolalari, orqa 1/3 qismi tanglay va tomoq shil- liq pardasidan esa til-halqum nervi tolalari, hiqildoq usti tog‘ayi shilliq pardasidan adashgan nerv tolalari qabul qilib oladi. Ular- ning markaziy tolalari shu nervning sezuvchi o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zaklar hujayralari aksonlari ko‘ruv bo‘rtig‘iga yo‘naladi. Bu soha hujayralaridan boshlangan uchinchi neyron paragippokom- pal pushtaning ilmoq sohasidagi po‘stloq markaziga boradi. To‘rt xil asosiy ta’m bilish qo‘zg‘atuvchilariga: shirin, nor- don, achchiq va sho‘rga mos to‘rt xil ta’m bilish retseptorlari ta- fovut qilinadi. Teri va uning hosilalari Teri (cutis) organizmning tashqi ta’sirdan saqlabgina qol- may, balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali odam haroratni, atmosfera bosimini, og‘riqni va biror narsa tegib turganini sezadi. Bundan tashqari teri modda almashinuvi, nafas olish va suyuqlik ajratish fao liyatlarida ham ishtirok etadi. Odam terisining umumiy sathi 1,5–2 m 2 bo‘lib, tana o‘lchamiga bevo- sita bog‘liq. Teri sezuvchanligi odamda juda yaxshi takomil etgan bo‘lib, sezgi retseptorlari terining hamma yerida bir xil tarqalma- gan. Lablar, burun va barmoqlarning uchlarida sezgi retseptorla- ri juda ko‘p. Terida yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma tafovut qilinadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling