Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Ter bezlari oddiy naysimon bez bo‘lib, dermani chuqur qava-
tida yotadi. Ularning uzun chiqaruv nayi teri yuzasiga ter teshi- gi bo‘lib ochiladi. Ter bezlari terida bir xil tarqalmagan. Ular qo‘ltiq osti, chov sohalari, qo‘l va oyoq kaftida ko‘p bo‘lsa, olat boshi va lab jiyaklarida bo‘lmaydi. Ter bezlari suyuqlik bilan bir- 511 ga turli modda almashinuv da hosil bo‘lgan moddalarni ajratadi va termoregulyatsiyada katta ahamiyatga ega. Moy bezlari tuzilishi jihatidan oddiy alveolyar bezlar turku- miga kirib so‘rg‘ichsimon va to‘r qavat chegarasida yotadi. Ular- ning naylari soch qopchasiga ochiladi. Qo‘l va oyoq kaftida moy bezlari yo‘q. Kuyish Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy modda- lar, elektr toki va nur energiyasi ta’sirida kelib chiqqan jarohati- ga aytiladi. Kuchli kuyishda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi. Toqimalarning shikastlanish xarakteri va nechogli chuqur shi- kastlanishiga ko‘ra kuyishning bir neva darajasi kuzatilishi mum- kin. Kuyishning 1-darajasi uncha yuqori bo‘lmagan termik omilning tez muddatli tasirida kuzatilib, terining qizarib va biroz shishishi bilan xarakterlanadi. Teri kapillyarlari kengayadi va ularni o‘tka- zuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofdagi to‘qi- malarga chiqadi. Bu darajadagi kuyishning otish muddati 2–3 kun. Kuygan joy- da teri pigmentatsiyasi va keyinroq epidermisning ko‘chib tushishi kuzatiladi. Kuyishning 2-darajasi pufaklar paydo bolishi bilan xarakter- lanadi. Yallig‘lanish birmuncha yaqqol yuzaga chiqadi. Talaygi- na suyuq lik chiqadi, shunga ko‘ra u epidermis ostida yigiladi va epidermisni ko‘chirib pufaklar hosil qiladi. Ular birnecha minut otgach yoki ertasiga paydo bolishi mumkin. Pufak yorilganida te- rining tiniq qizil sorgichsimon qavati ko‘rinadi. Kuyish asoratsiz o‘tganda, 4–6 sutkaga kelib pufakdagi suyuqlik so‘rilib ketadi. In- feksiya tushib og‘irlashganida pufakdagi suyuqlik yiring laydi. Kuyushning 3-darajasi terining yuza qatlami yoki barcha ich- ki qavatlarning jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Kuygan yuza- da to‘q rangli po‘stloq paydo bo‘ladi. Po‘stloq ko‘chgandan keyin o‘sha joy ikkilamchi chandiq bo‘lib bitadi. Kuyishning 4-darajasida teridan tashqari, ichkarida joylashgan to‘ qimalar – mushak va suyaklar kuyadi. Bu juda sekinlik bi- lan bitib, kat ta chandiqlar hosil qiladi. To‘qimalarni ayrim joy- lari ko‘chib tushib, hatto oyoq-qo‘llar oz-ozidan uzilib tushishi 512 mumkin. Kuygan yuza nechog‘li katta bo‘lsa, bemorning ahvo- li shunchalik og‘ir bo‘ladi. Tananing 30 % va undan ko‘proq qis- mi kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqib, unda ko‘pincha o‘lim ho- lati yuz mumkin. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling