Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   422
Bog'liq
True

Parda labirint (labyrinthus membranaceus) suyak labirint 
ichida joylashib, uni shaklini qaytaradi. Uning devori biriktiruv-
chi to‘qimali qatlamdan iborat. Suyak va parda labirintlar o‘rta-
sida tor yorig‘ perilim fatik bo‘shliq bo‘lib, u perilimfa suyuqligi 
bilan to‘la. Parda labirint endolimfa suyuqligi bilan to‘la. Parda 
labirintda ellipssimon va yumaloq xaltachalar, uchta yarim doi-
ra kanallar va chig‘anoq naychasi tafovut qilinadi. Dahlizning el-
lipssimon chuqurchasida ellipssimon xaltacha (bachadoncha) joy-
lashsa, sferik xaltacha o‘z nomidagi chuqurchani egallaydi. Ular 
o‘zaro ingichka nay vositasida birikib turadi. Bachadonchaga par-
da yarim doira kanallarning 5 teshigi ochiladi.
Parda yarim doira kanallar shaklan suyak yarim doira kanal-
lari ga o‘x shaydi, ammo uch marta tor bo‘ladi. Suyak yarim doi-
ra ka nallar ning ampula qismlari sohasida parda yarim doira ka-
nallar ham ampu la hosil qiladi. Bachadoncha va qopcha, shu-
ningdek, parda ampu lalarning ichki yuzasi shilliqsimon mod-
da bilan qop langan bo‘ lib, ularda sezuv chi hujayralar joylash-
gan. Bachadoncha va qopcha sohasida ular tarkibi da ohak zar-


507
rachalari – otolitlar bo‘lgan oq dog‘lar hosil qiladi. Parda ya-
rim doira kanallarning ampulasi ichida qirralar bo‘lib, ulardan 
dah liz-chig‘anoq nervining dahliz qismi boshlanadi. Endolimfa 
suyuq ligini tebranishi oq dog‘dagi sezuv chi hujayralarni ta’sir-
laydi va muvozanat ning o‘zgarishini sezuvchi nervlarning uchla-
ri qabul qiladi. Bu nervning birinchi neyroni hujayralari tana-
si ichki eshituv yo‘lagi tubida joylash gan dahliz tugunida yotadi. 
Uning markaziy o‘siq lari dahliz-chig‘anoq nervi tarkibida ichki 
eshituv yo‘lagi orqali kalla ichiga kiradi va vestibulyar o‘zaklari-
da tugaydi. Bu o‘zak hujayralarining o‘siqlari miyachaga va or-
qa miyaga boradi. Parda labirintning chig‘anoq qismi chig‘anoq 
nayi dahliz dan boshi berk holatda boshlanadi va chig‘anoqning 
spiral kanali ichiga yo‘naladi. Chig‘anoq cho‘qqisida chig‘anoq 
nayi yopiq holatda tugaydi va ko‘ndalang kesmada uchburchak 
shaklida bo‘ladi. Chig‘a noq nayining tashqi devori spiral ka-
nalni suyak pardasiga bitishib ketadi. Uning nog‘ora (past ki) 
devori suyak spiral plastinkaning davomidir. Chig‘anoq nayi-
ning uchinchi dah liz devori buralma kanalning suyakli plastin-
kaning chekkasidan qiya yo‘nalib lateral devorigacha boradi. 
Chig‘anoq nayi chig‘anoqning buralma kanalining o‘rtasida joy-
lashgan bo‘lib, nog‘ora narvonini dahliz narvonidan ajratib tu-
radi. Chig‘anoqning cho‘qqisida ikkala narvon o‘zaro chig‘anoq 
uchidagi teshik vositasida birikadi. Chig‘anoq asosida nog‘ora 
narvoni ikkilamchi nog‘ora parda bilan yopilgan yumaloq dar-
cha sohasida tugaydi. Dahliz narvoni esa dahliz ning perilimfa-
tik bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Chig‘anoq nayi ichidagi spiral parda-
da eshituv spiral (kortiy) a’zosi joylashgan. Spiral a’zo eshituv 
a’zosining retseptor apparati bo‘lib, besh qator joylashgan uchla-
rida 60–70 tadan tuklari bo‘lgan retseptor hujayralardan iborat. 
Spiral a’zo asosini asosiy plastinka hosil qilib, uning tarkibida 
chig‘anoqning asosidan to uchigacha suyak spiral plastinkaning 
uchidan chig‘anoq ning spiral kanalining qarama-qarshi devoriga 
tortilgan eshituv tor-rezonator vazifasini bajaruv chi 24 000 ga-
cha kollogen tolalar bo‘ladi. Ular parda chig‘anoqning asosidan 
to gumbazigacha bo‘lgan sohada joylashadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling