Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hid sezish a’zosi Hid sezish a’zosi
Tovushni qabul qilish. Quloq chig‘anog‘i tovushni to‘play-
di va tashqi eshituv yo‘lagiga yo‘naltiradi. Tovush to‘lqinlari nog‘ora pardani tebratadi va bu tebranish eshituv suyakchala- ri zanjiri orqali dah liz darchasiga o‘tadi. Uzangi asosining ha- 508 rakati perilimfani tebratadi va perilimfa dahliz narvoni orqali chig‘anoq gumbaziga yo‘nalib, gelikotrema orqali nog‘ora nar- voniga o‘tib, ikkilamchi nog‘ora pardaga uriladi. Nog‘ora nar- vonidagi perilimfaning tebranishi asosiy pardaga va chig‘anoq nayidagi endolimfaga o‘tadi. Endolimfa va asosiy pardaning teb- ranishi kortiy a’zosining eshitish torlariga uriladi va retseptor hujayralar mexanik ta’sirotni nerv impulsiga aylantiradi. Impuls- ning tanasi chig‘anoq tugunida joylashgan bipolyar hujayralar- ning periferik uchlari qabul qiladi. Uning markaziy o‘siqlari esa dah liz-chig‘anoq nervining chig‘anoq qismini hosil qilib, ichki eshituv yo‘lagi orqali rombsimon chuqurchada joylashgan ven- tral va dorsal chig‘anoq o‘zaklarda tugaydi. Odam 16–2000 GHz chastotali tovushlarni qabul qiladi. So‘z tovushi 150–2500 Hz chastotaga ega. Hid sezish a’zosi Hid sezish a’zosi (organum olfactus) burun bo‘shlig‘ining yu- qori qis mida yuqori burun chig‘anog‘i va burun to‘sig‘ining o‘rta qismi shilliq pardasida joylashgan alohida sezuvchi hujayralardan iborat. Bu sohani yuzasi 480 mm 2 bo‘lib, hidlov hujayralarini so- ni 160 millionga yaqin, ular hidlov va qo‘llab turuvchi hujay- ralarga bo‘linadi. Hid lov hujayralari ko‘p sonli kiprikchalar bi- lan qoplangan bo‘lib, ular uni havo bilan uchrashadigan yuzasini ko‘paytirib turadi va umumiy yuzasi 5–7m 2 yetadi. Bu hujayra- larining markaziy o‘sim talari 15–20 hidlov nervlarini hosil qila- di. Hidlov nervi g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi- dan o‘tib kalla ichiga kiradi va hidlov so‘g‘onida tugaydi. Hidlov so‘g‘onida joylashgan II neyron o‘simtalari hidlov yo‘lini hosil qilib, hidlov uchburchagi oldingi ilma-teshik plastinkada tugaydi. Bu нerdan uchinchi neyron hid sezish markaziga boradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling