Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Sovuq urish
Sovuq urishi past harorat ta’sir etganda kelib chiqadi. Bunda bemor a’zolarini noqulay sharoitlarda: ho‘l, tor poyafzal kiyish, holdan toyish, 40 °C dan yuqori haroratda ham sovuq urishi mum kin. Kopincha, qo‘l va oyoqlarning barmoqlari, quloq, bu- run uchini sovuq uradi. Sovuq urishining tortta darajasi farqlanadi. 1-darajada terining oqarishi va sezuvchanligining yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bemor isitilgandan keyin badan terisining shu qismi qizil-ko‘kimtir bo‘lib qoladi, ozgina shishadi va quriy- di. Sogayishdan oldin odam sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi, ba’zan terining rangi ko‘kimtir bo‘lib qoladi. 2-darajada qon aylanishining chuqur buzilishi kuzatilib, keyin- roq tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar atrofidagi teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi. Infeksiya tushmasa, o‘rta hisobda 2 hafta ichida bitadi. 3-darajada teri va uning ostidagi to‘qimalar irib nekrozlana- di, jonsizlanish gemmoragik suyuqlik bilan tolgan yumshoq pu- faklar hosil bolishi bilan xarakterlanadi. Bu pufaklar po‘stloq paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushgan- dan so‘ng ularning ornida chandiqlanish boshlanadi. Jarohat 1–2 oy ichida bitadi. 4-darajada nekroz chuqur joylashgan to‘qimalar, shu jumla- dan, su yak larni ham qamrab oladi. Tananing shikastlangan qis- mi to‘q ko‘kim tir rangga, qoramtir suyuqlikka tola pufaklar bi- lan qoplanadi. Pufaklar sovuq olishidan 2 haftadan keyin paydo bo‘ladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib ko‘chib tushadi. Sovuq urishda bemorning ahvoli uning darajasiga bog‘liq. Sovuq urishning dastlabki ikki darajasida bemorning umumiy ahvoli unchalik ogir bolmaydi, keyingi darajasida toksemiya va infeksiya qo‘shilishiga bog‘liq holda klinikasi namoyon bo‘ladi – yuqori harorat, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, leykositoz, E.Ch.T oshishi va hokazo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling