Anatomiya 2014. indd


-rasm. Orqa miya nervlarining


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   422
Bog'liq
True

201-rasm. Orqa miya nervlarining
hosil bo‘lishi:
1–orqa shox; 2–orqa ildiz; 3–orqa miya 
tuguni; 4–orqa tarmoq; 5–oldingi tar-
moq; 6–kulrang qo‘shiluvchi tarmoq; 
7–oq qo‘shiluvchi tarmoq; 8–oldingi
ildiz; 9–oldingi tizimcha; 10–oldingi 
o‘rta yoriq; 11–yon tizimcha;
12–oldingi shox.
Orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlari, orqa tarmoqlari-
ga nisbatan uzun va yo‘g‘on bo‘lib tarkibi sezuvchi va harakat-
lantiruvchi tolalardan iborat. Ular bo‘yin, ko‘krak, qorin, qo‘l va 
oyoq mushak lari hamda terisini innervatsiya qiladi. Qorin terisi-
ni pastki qismi tash qi tanosil a’zolarning taroqqiyotida qatnash-
gani uchun tashqi tanosil a’zolari terisini ham orqa miya nervla-
rining oldingi tarmoqlari innervatsiya qiladi. Orqa miya nervla-
rining metamer tuzilishi faqat ko‘krak qismida saqlanib qolgan 
bo‘lib, qolgan qismlarda ular o‘zaro qo‘shilib chigallar hosil qi-
ladi. Bu chigallarda nerv tolalari bir-biri bilan aralashib ketadi va 
har bir periferik nerv tarkibida orqa miya nervlarining bir nech-
ta shoxidan keluv chi tolalar bo‘ladi. Odamda bo‘yin, yelka, bel, 
dum g‘aza va dum chigallari tafovut qilinadi. 
 
Ko‘krak nervlarining oldingi tarmoqlari (qovurg‘alararo nerv-
lar) 12 juft bo‘lib, segmentar joylashgan. Ular qovurg‘alar ora-
lig‘idan lateral va oldingi tomonga yo‘naladi. Ustki 11 juft nerv-
lar qovurg‘alararo nerv lar deb ataladi, chunki ular qovurg‘alar 
oralig‘ida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida joy-
lashadi. O‘n ikkinchi nerv XII qovurg‘a ostida joylashgani uchun 
qovurg‘a osti nervi deb ataladi. Bu nerv larning barchasi dastlab 
qovurg‘a egatida shu nomli arteriya va vena bilan birga joylasha-
di. Har bir qovurg‘alararo nerv dan mushaklarga boruv chi tarmoq 
hamda lateral va oldingi teri tarmoqlari chiqadi. Ularning mu shak 
tarmoqlari ko‘krakning autoxton mushaklarini innervatsiya qila-


476
di. Yuqoridagi 6 juft qovurg‘alararo nervlarning oldingi teri tar-
moqlari to‘sh suyagigacha yetib boradi. Pastki besh juft qovura-
lararo va qovurg‘a osti nervlari qovurg‘alar oralig‘idan chiqqa-
nidan keyin qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang mushakla-
ri o‘rtasidan yo‘nalib, qorin to‘g‘ri mu shagi qinini teshib o‘tadi 
va qorinning oldingi devori terisini innervatsiya qiladi. Ularning 
mushak tarmoqlari ko‘krakning autoxton va qorin mu shaklarini 
innervatsiya qiladi.
Qovurg‘alararo nervlarning lateral teri tarmoqlari, o‘z navba-
tida, oldingi va orqa tarmoqlarga bo‘linib, ko‘krak qafasi va qorin 
devori lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda IV–VI 
qovurg‘alararo nervlarning lateral tarmoqlari va II–IV nervlar-
ning oldingi tarmoqlari sut bezlarini innervatsiya qilishda ham 
ish tirok etadi.
Bo‘yin chigali (plexus cervicalis) to‘rtta yuqorigi bo‘yin nerv-
larining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Chigal to‘rtta yuqori-
gi bo‘yin umurtqalari sohasida bo‘yinning chuqur mushaklarining 
(kurakni ko‘taruvchi, o‘rta narvonsimon va boshning tasmasimon) 
oldingi lateral yuzasida, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning 
orqasida joylashadi. Uning tarmoqlari uch: teri, mushak va ara-
lash guruhga bo‘linadi.
Teri (sezuvchi) tarmoqlari quyidagilar: 
1. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling