Yo’nalishga kirish bo’yicha yakuniy imtihon savollari Iqtisodiyotning asosiy mazmuni nimadan iborat?


Download 35.17 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi35.17 Kb.
#1252104
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish yakuniy TEST namuna



Yo’nalishga kirish bo’yicha yakuniy imtihon savollari


  1. Iqtisodiyotning asosiy mazmuni nimadan iborat?

  1. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruv chi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

  2. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisod iyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti.

  3. iqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Iqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.

  4. Iqtisodiyot — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.



  1. Buhgalteriya hisobi deb nimaga aytiladi

  1. ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.

  2. Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar.

  3. ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat.

  4. ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi.

  1. Buhgalteriya balansi nechta qismdan tashkil topgan va ular nimalardan iborat?

  1. 2 qism: Aktiv va Passiv

  2. 2 qism: Debet va Kredit

  3. 4 Qism: Aktiv, Passiv, Debet Kredit

  4. 6 Qism: Debet, Kredit, Aktiv, Passiv, Majburiyat, Hususiy kapital



  1. Menejment bo’yicha quyidagi fiklardan qaysi biri noto’g’ri

  1. «Menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasi bilan aynan mos keladi, barcha o’rinlarda bir birini to’ldirib keladi.

  2. «Menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi.

  3. Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi.

  4. Ilmiy fan sifatida menejment taxminan XIX asrning birinchi yarmida kapitalizm tug‘ilishi bilan paydo bo‘ldi.



  1. Dastlabki menejerlar harbiy intizomni, jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish usullarini qo‘llaganlar. Ushbu holatni to’g’ri izohlovchi qatorni tanlang.

  1. Ilmiy fan sifatida menejment taxminan XIX asrning birinchi yarmida kapitalizm tug‘ilishi bilan paydo bo‘ldi. O’sha paytdagi sohaning rivojlanish darajasi, mehnat resurslari sifati va boshqa ko’plab omillar qattiqqo’llikni eeng samarali usul sifatida qabul qilishga olib kelgandi.

  2. Dastlabki menedjerlar harbiy zobitlar va sarkardalar orasidan tayinlanganligi, ularning tajriba va ko’nikmalari eng samarali usul bo’lganligi uchun bu tartib joriy qilingan

  3. Har qanday zamon va makonda jazo chora olish havfi samarali ish yuritishga asos bo’lgan. Shuning uchun menejmantda ushbu usul hozirgacha qo’llanib kelinadi.

  4. Barcha izohlar to’g’ri.



  1. Statistika nima?

  1. Barchasi to’g’ri

  2. statistika bu − sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash.

  3. statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash

  4. statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.

  1. Statistikada ma’lumotlaarni yig’ish usullari qaysilardan iborat?

  1. Chop etilgan manbalardan; Ishlab chiqilgan eksperimentdan; Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovnomadan).

  2. Ishlab chiqilgan eksperimentdan; Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovnomadan).

  3. Birlamchi va ikkilamchi manbalar hamda idoralararo ichki manbalardan

  4. Davlat va nodavlat axborot manbalaridan

  1. Mikroiqtisodiy tаhlil deb nimaga aytiladi

  1. аniq iqtisodiy sub′еktlаr fаoliyati bilаn bog`liq vа ulаrning bozordаgi hаtti-hаrаkаtini o`rgаnаdi. Bu yеrdа iqtisodiyotning аlohidа tаrmoqlаri, bozorlаr, firmаlаr vа istе′molchilаr хususidа fikr yuritilаdi.

  2. iqtisodiyotni bir butun tizim sifаtidа, yoki uning tаrkibigа kiruvchi yirik bo`linmаlаri, dаvlаt, uy хo`jаligi vа хususiy sеktor dаrаjаsidа o`rgаnishni nаzаrdа tutаdi.

  3. Global iqtisodiyotni muayyan mamlakat iqtisodiyoti bilan bog’langan tizim sifаtidа, yoki uning tаrkibigа kiruvchi yuqori yoki quyi darajada ta’sirga ega bo’lgan ob’ekt dаrаjаsidа o`rgаnishni nаzаrdа tutаdi.

  4. Iqtisodiy hodisa va muammolarni davlat va global darajada qamrab olib o’rganishga strukturaviy tahlil qilish jarayoniga aytiladi

  1. Makroiqtisodiy tаhlil deb nimaga aytiladi

  1. iqtisodiyotni bir butun tizim sifаtidа, yoki uning tаrkibigа kiruvchi yirik bo`linmаlаri, dаvlаt, uy хo`jаligi vа хususiy sеktor dаrаjаsidа o`rgаnishni nаzаrdа tutаdi.

  2. аniq iqtisodiy sub′еktlаr fаoliyati bilаn bog`liq vа ulаrning bozordаgi hаtti-hаrаkаtini o`rgаnаdi. Bu yеrdа iqtisodiyotning аlohidа tаrmoqlаri, bozorlаr, firmаlаr vа istе′molchilаr хususidа fikr yuritilаdi.

  3. Global iqtisodiyotni muayyan mamlakat iqtisodiyoti bilan bog’langan tizim sifаtidа, yoki uning tаrkibigа kiruvchi yuqori yoki quyi darajada ta’sirga ega bo’lgan ob’ekt dаrаjаsidа o`rgаnishni nаzаrdа tutаdi.

  4. Iqtisodiy hodisa va muammolarni davlat va global darajada qamrab olib o’rganishga strukturaviy tahlil qilish jarayoniga aytiladi

  1. Iqtisodiy resurslarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?

  1. 1) tabiiy resurslar (y er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo ‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui ); 3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar , pul mablag‘lari va boshqalar); 4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).

  2. 1) tabiiy resurslar (y er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo ‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui ); 3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar , pul mablag‘lari va boshqalar);

  3. 1) tabiiy resurslar (y er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);2) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar , pul mablag‘lari va boshqalar); 3) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).

  4. 1) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo ‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui ); 2) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar , pul mablag‘lari va boshqalar); 3) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).

  1. Iqtisodiyot fanining predmeti deb nimaga aytiladi

  1. iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning to‘xtovsiz oshib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (moddiy ne’matlar va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat

  2. iqtisodiy fаoliyatning ob′еktiv holаtini yoki iqtisodiy hаtti-hаrаkаtlаrning ilmiy tаlqiniga iqtisodiyot predmeti deyiladi.

  3. iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; iqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

  4. mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.



  1. Iqtisodiy modеl tushunchasiga ta’rif bering.

  1. iqtisodiy jаrаyon yoki hodisаlаrning formаllаshtirilgаn tаsnifi bo`lib, uning tаrkibi tаdqiqot mаqsаdidаn kеlib chiquvchi ob′еktiv yoki sub′еktiv хususiyatlаrgа bog`liq holdа shаkllаntirilаdi.

  2. bu matematik tushuncha bo`lib, bog`liq o`zgaruvchi bilan erkin o`zgaruvchilar o`rtasidagi miqdoriy bog`liqlikni ifodalaydi.

  3. iqtisodiy fаoliyatning ob′еktiv holаtini yoki iqtisodiy hаtti-hаrаkаtlаrning ilmiy tаlqinini ifodаlаydi.

  4. sub′еktiv yoki аlohidа shахslаrning bаho bеruvchi mushohаdаlаrigа tаyangаn holdаgi iqtisodiy hаtti-hаrаkаtlаr rеtsеpti

  1. Mikroiqtisodiyot nimani o’rganadi

  1. iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

  2. rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish kabilarni o’rganadi

  3. insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilarni o’rganadi.

  4. mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Mikroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.



  1. Makroiqtisodiyot nimani o’rganadi

  1. mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.

  2. iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; makroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

  3. rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish kabilarni o’rganadi

  4. insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilarni o’rganadi.

  1. Ekonometrika sohasiga izoh bering

  1. iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan bo’lib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi.

  2. iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; ekonometrika oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

  3. rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish kabilarni o’rganadi

  4. mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Ekonometrika YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.



  1. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar …..

  1. ishlab chiqarish omillari deyiladi.

  2. Infratuzilma deyiladi.

  3. Biznes sharoitlari deyiladi

  4. Iqtisodiy boyliklar deyiladi

  1. Ishchi kuchi deb …

  1. insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi.

  2. iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi;

  3. kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan barcha turdagi kuchga aytiladi

  4. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilargayetkaziladigan tayyor maxsulotga aytiladi.



  1. Tadbirkor deb kimga aytiladi

  1. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi;

  2. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilargayetkaziladigan tayyor maxsulotga aytiladi.

  3. insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi.

  4. Oliy yoki o’rta ma’lumotli; do’kon yoki ishlab chiqarish joyiga ega bo’lgan shaxslar, yoki unda ishlovchi, ish boshqarish va ta’minotga mas’ul odamlarga tadbirkor deyiladi

  1. Ishlab chiqarish jarayoni –bu ….

  1. kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir.

  2. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor maxsulot bilan bog’liq har qanday jarayonga aytiladi.

  3. ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbatidir

  4. resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish jarayonidir.

  1. Yalpi ichki maxsulot deb …

  1. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilargayetkaziladigan tayyor maxsulotga aytiladi.

  2. kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat natijasiga aytiladi.

  3. resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalib ishlab chiqarilgan mahsulotlar yig’indisidir.

  4. ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida yaratgan mahsulot hajmiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat va hom ashyo harajati miqdori bilan o’lchanadi.

  1. Mehnat unumdorligi deb…

  1. ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.

  2. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor maxsulotning samaradorligiga aytiladi.

  3. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishiga aytiladi.

  4. ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda samarali takrorlanishiga mehnat unumdorligi deyiladi.



  1. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi

  1. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.

  2. ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.

  3. ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.

  4. kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.

  1. Oddiy takror ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi

  1. ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.

  2. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.

  3. ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.

  4. mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.



  1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi

  1. ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.

  2. ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.

  3. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.

  4. mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.



  1. Iqtisodiy munosabatlar – bu …

  1. kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.

  2. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi bilan bog’liq munosabatlardir.

  3. ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi bilan bog’liq munosabatlar.

  4. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor maxsulot bilan bog’liq munosabatlardir.



  1. Manufaktura – bu …

  1. mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.

  2. kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni amalga oshirilgan joydir.

  3. jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshiriladigan tizimdir

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. An’anaviy iqtisodiyot deb nimaga aytiladi

  1. An’anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi.

  2. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

  3. Resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.

  4. Quldorlik tuzimidan to bozor iqtisodiyotining shaakllanishigacha bo’lgan uzoq muddatli davom etgan davrga an’anviy iqtisodiyot deb aytiladi



  1. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi

  1. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

  2. An’anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi.

  3. Resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.

  4. Quldorlik tuzimidan to bozor iqtisodiyotining shaakllanishigacha bo’lgan uzoq muddatli davom etgan davrga an’anviy iqtisodiyot deb aytiladi



  1. Bozor iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi

  1. resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.

  2. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

  3. An’anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi.

  4. Quldorlik tuzimidan to bozor iqtisodiyotining shaakllanishigacha bo’lgan uzoq muddatli davom etgan davrga an’anviy iqtisodiyot deb aytiladi



  1. Xususiy mulk deb nimaga aytiladi

  1. Ayrim kishilar va guruhlarga tеgishli bo‘lib, yollanma mеhnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk

  2. O‘z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o‘zlashtiriluvchi turli vosita va nе'matlar

  3. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar

  4. Fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy mеhnat orqali shakllangan va ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk bo‘lib, daromad istе'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalaridan iboratdir



  1. Davlat mulki deb nimaga aytiladi

  1. O‘z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o‘zlashtiriluvchi turli vosita va nе'matlar

  2. Ayrim kishilar va guruhlarga tеgishli bo‘lib, yollanma mеhnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk

  3. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar

  4. Fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy mеhnat orqali shakllangan va ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk bo‘lib, daromad istе'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalaridan iboratdir



  1. Jamoa mulki deb nimaga aytiladi

  1. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar

  2. Ayrim kishilar va guruhlarga tеgishli bo‘lib, yollanma mеhnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk

  3. O‘z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o‘zlashtiriluvchi turli vosita va nе'matlar

  4. Fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy mеhnat orqali shakllangan va ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk bo‘lib, daromad istе'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalaridan iboratdir



  1. Shaxsiy mulk deb nimaga aytiladi

  1. Fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy mеhnat orqali shakllangan va ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk bo‘lib, daromad istе'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalaridan iboratdir

  2. muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar

  3. ayrim kishilar va guruhlarga tеgishli bo‘lib, yollanma mеhnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk

  4. o‘z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o‘zlashtiriluvchi turli vosita va nе'matlar



  1. Buhgalteriya provodkasi deganda nimani tushunasiz?

  1. Ikkiyoqlama yozuv manaosini berib, har bir buhgalteriya amaliyotini ikkita schetda hisobga olishga provodka deyiladi.

  2. Aktiv va passiv schetlarda operatsiyalarni bir xil miqdorda ozgarisharni qayd qilib borilishiga aytiladi.

  3. Ho’jalik hisobi yuritishda hom ashyodan tayyor mahsulotgacha jaarayonlarni o’z ichiga olgan umumiy ketmaketlikka aytiladi.

  4. Aktiv hisobvaraqdan debetlangan summani passiv hisobvaraqda kreditlanishiga aytiladi.



  1. Investitsiya nima?

  1. iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish).

  2. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar

  3. kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlardir.

  4. mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilargayetkaziladigan tayyor maxsulotga aytiladi.




Download 35.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling