Anatomiya 2014. indd


Yelka terisining medial nervi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   422
Bog'liq
True

Yelka terisining medial nervi medial dastadan boshlanib, 
yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U yelka fassiyasini teshib 
o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
3. 
Bilak terisining medial nervi medial dastadan boshlanib yel-
ka arteriyasini yonida yotadi. Yelkaning o‘rta qismida fassiyani 
teshib, teri ostiga chiqib, bilakka tushadi va bilakning oldingi me-
dial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi 
bilak nervi 
(n. ra dia lis)dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-
mu shak kana li da yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkada bilak ner-
vi yelkaning orqa guruh mushaklari bilan yelkaning orqa lateral 
yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelkaning lateral mushaklararo 
to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib, yel-
ka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yota-
di. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chu-
qur tarmoqlarga bo‘linadi. Bilak nervining 
yuza tarmog‘i bilak arteriyasi bilan kaftning 
orqa yuzasiga o‘tadi va bosh barmoq tomon-
dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi 
203-rasm. O‘ng qo‘l kaftning orqa
yuzasi terisini innervatsiyasi chizmasi:
1–bilak nervining yuzaki tarmog‘i; 2, 3–barmoq-
larning orqa nervlari; 4–tirsak nervining orqa
tarmog‘i.
204-rasm. O‘ng qo‘l kaftining nervlari:
1–o‘rtadagi nerv; 2–tirsak nervi; 3–tirsak nervi-
ning yuzaki tarmog‘i 4–tirsak nervining chuqur 
tarmog‘i; 5–kaft yuzasidagi barmoqlarning umu-
miy nervlari; 6–kaft yuzasidagi barmoqlarning
xususiy nervlari.


481
(203-rasm). Bilak nervining chuqur tarmog‘i bilakning orqa yuza-
siga o‘tib, barcha orqa guruh mushaklarni innervatsiya qiladi.
Bilak nervidan yelka-mushak kanalida chiqqan bilakning orqa 
teri nervi yelka fassiyasini teshib o‘tib, yelkaning pastki qismi or-
qa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Bel chigali (plexus lumbalis) yuqorigi uchta bel, shuningdek, 
qisman XII ko‘krak va IV bel orqa miya nervlarining oldingi 
shoxlaridan hosil bo‘ladi. Bel chigali bel umurtqalarining ko‘nda-
lang o‘simtalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining ol-
dingi yuzasida, katta bel mushagining orqasida joylashadi. Uning 
shoxlari katta bel mushagining chekkalaridan yoki uni teshib 
chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi tanosil a’zolarga yo‘na-
ladi. Bel chigalidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling