Anatomiya 2014. indd
-rasm. Yelka chigalini hosil bo‘lishi va
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurakning orqa nervi
- O‘mrov osti nervi
- Kurak osti nervi
- Lateral va medial ko‘krak nervlari
202-rasm. Yelka chigalini hosil bo‘lishi va
uning tarmoqlari: 1–oldingi narvonsimon mushak; 2–o‘mrov usti chuqurchasi; 3–tirsak nervi; 4–bilak hervi; 5–o‘rtadagi nerv; 6–qo‘ltiq osti nervi; 7–mushak-teri nervi; 8–yelka chigali; 9–V bo‘yin orqa miya nervi; 10–IV bo‘yin orqa miya nervi. 478 Yelka chigalining qisqa tarmoqlari uning o‘mrov usti qismidan chiqadi. Ularga quyidagi nervlar kiradi. 1. Kurakning orqa nervi orqa narvonsimon va kurakni ko‘ta- ruvchi mushakning o‘rtasidan orqaga o‘tib, kurakni ko‘taruvchi va rombsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. 2. Ko‘krakning uzun nervi pastga tomon yelka chigalining or- qasidan yo‘nalib, lateral ko‘krak arteriyasi bilan oldingi tishsi- mon mu shakni tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi. 3. O‘mrov osti nervi o‘mrov osti arteriyasining oldidan o‘z no- midagi mushakga boradi. 4. Kurak usti nervi orqa tomonga yo‘nalib, shu nomli arte- riya bilan kurak o‘ymasidan kurak o‘tkir qirrasi ustidagi chuqur- chaga, so‘ngra akromionni aylanib o‘tib, kurakning o‘tkir qirrasi osti chuqurchasiga o‘tadi. Bu nerv kurak qirrasi ustidagi va kurak qirrasi ostidagi mushaklarni, shuninjdek, yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. 5. Kurak osti nervi kurak osti mushagini oldidan yo‘nalib, o‘z nomidagi va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi. 6. Ko‘krakning orqa nervi kurakning lateral chekkasi bo‘ylab orqaning serbar mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi. 7. Lateral va medial ko‘krak nervlari oldinga tomon yo‘nalib, katta (medial) va kichik ko‘krak (lateral) mushaklarini innerva- tsiya qiladi. 8. Qo‘ltiq osti nervi to‘rt tomonli teshikdan o‘tadi. Yelka suyagi xirurgik bo‘ynini orqasidan aylanib o‘tib, harakatlantiruv- chi tarmoq lari deltasimon, kichik yumaloq mushaklarni, sezuvchi tarmoqlari yelka bo‘ g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uning oxirgi tarmog‘i yelka terisining ustki lateral nervi yelkaning late- ral sohasi terisini innervatsiya qiladi. Yelka chigalining uzun tarmoqlari, uning o‘mrov osti qismidan chiqadi. Lateral dastadan mushak-teri nervi va o‘rtadagi nervning lateral ildizi, medial dastadan tirsak nervi, o‘rtadagi nervning me- dial ildizi, yelka terisianing medial nervi va bilak terisining medial nervi, orqa dastadan qo‘ltiq osti va bilak nervlari chiqadi. 1. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling