Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtadagi nerv
- Tirsak nervi
Mushak-teri nervi lateral va past tomonga yo‘naladi. Yelka-
da yelkaning ikki boshli, tumshuqsimon-yelka, yelka mushaklari- ni hamda tirsak bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yelkaning pastki qismida fassiyani teshib o‘tib, bilakning oldingi yuzasiga tusha di va bilakning lateral terisining nervi nomi bilan bilakning 479 lateral y uzasi terisini bosh barmoq asosidagi tepalik sohasigacha innervatsiya qiladi. 2. O‘rtadagi nerv (n. medianus) lateral va medial tutamlar- dan chi quvchi ikki ildizning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yel- kada o‘rtadagi nerv shox bermay, yelka arteriyasi bilan birga- likda tirsak chuqurchasiga tu shadi. Bilak u bilakning oldingi gu- ruh mu shaklarini (panjani bukuvchi tirsak mushagi va barmoqlar- ni bukuv chi chuqur mushakni medial qismidan tashqari) innerva- tsiya qiladi. Qo‘l kaftiga o‘rtadagi nerv barmoq larni bukuvchi mushak paylari bilan birga o‘tib, kaft aponevrozi ostida oxir- gi tarmoqlarga bo‘linib, bosh barmoq mu shaklaridan qo‘l bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi kalta mushakni, qo‘lning bosh bar- mog‘ini qarama-qarshi qo‘yuvchi mu shak, qo‘lning bosh bar- mog‘ini bukuvchi kalta mushakning y uza boshchasini va 1–2 chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi tarmoqlari uchta kaft yuzasidagi barmoq larning umumiy nervlari, o‘z navbatida, 7 ta kaft yuzasidagi barmoqlarning xususiy nerv- lariga bo‘linadi. Bu nervlar bosh barmoq tomondan 3,5 barmoq terisini innervatsiya qiladi (204-rasm). Bundan tash qari o‘rtada- gi nerv tolalari bilak-kaft oldi, kaft suyaklari o‘rtasidagi va I–IV barmoq bo‘g‘imlarini ham innerva tsiya qiladi. Yelka chigalining medial dastasidan tirsak nervi, o‘rtadagi nerv ning medial ildizi, yelka va bilak terisining medial nervlari boshlanadi: 1. Tirsak nervi (n. ulnaris) medial dastadan boshlanib, yelka- da shox ber maydi. U dastlab o‘rtadagi nerv va yelka arteriyasi bi- lan birga yotadi. Yelkaning o‘rta qismida medial tomonga yo‘na- lib, yelka suyagining medial do‘ng usti do‘m boqchasining orqa- sidagi tirsak nervi ega ti dan bilakka o‘tadi. Bilakda nerv o‘z no- midagi arteriya bilan birga tirsak egatida yo‘naladi. Bilakda nerv barmoq larni bukuvchi chuqur mushakni medial qismini va panja- ni bu kuvchi tirsak mushagini innervatsiya qiladi. Nerv, shuning- dek, tirsak bo‘g‘imiga shoxlar beradi. Bilakning pastki uchdan birida nerv orqa va kaft tarmoqlariga bo‘linadi. Tirsak nervining orqa tarmog‘i kaftning orqa yuzasida 5 ta bar moqlarning orqa nervlariga bo‘linib, tirsak suyagi tomon- dan 2-, 5-barmoq terisini innervatsiya qiladi (203-rasm). Kaftda- gi tarmoq yuza va chuqur tarmoq lariga bo‘linadi. Uning yuza tarmog‘i kaftning kalta mushagini va 5- hamda 4- 480 bar moqning medial yuzasi terisini innerva- tsiya qiladi (204-rasm). Chuqur tarmog‘i jim jiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni qarama- qarshi qo‘yuvchi, jimjiloqni uzoqlashtiruv- chi, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mu- shakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mu- shakni chuqur boshini, 3–4 chuvalchangsimon, suyaklararo mu- shaklarni hamda kaft bo‘g‘imlarini innervatsiya qiladi. 2. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling