467
dan
tashqari, bosh miya nervlarining hech qaysisi bosh qa birovi-
ga o‘xshamaydi.
I juft –
hid biluv nervi (nn. olfactorius) burun bo‘shlig‘i hid-
lov sohasining shilliq pardasida joylashgan
hidlov hujayralarining
marka ziy o‘simtalaridan iborat. Ular 15–20 ta ingichka hid biluv
ipchala rini hosil qilib, g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plas-
tinkasidan o‘tib hidlov piyozchasida tugaydi.
II juft –
ko‘ruv nervi (n. opticus) to‘r pardaning ko‘r dog‘
sohasi da ganglioz hujayralarning aksonlari to‘plamidan
hosil
bo‘ladi. Nerv tomirli va oqliq pardani teshib o‘tib, ko‘z kosasidan
ko‘ruv nervi kanali orqali kalla bo‘shlig‘iga chiqadi. Miya asosida
ikki tomondan kelayotgan nerv lar
bir-biriga yaqinlashib, o‘zaro
to‘liq bo‘lmagan kesish ma hosil qilib ko‘ruv traktiga o‘tib ketadi.
III juft –
ko‘zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculomoto-
rius) tar kibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular
o‘rta miya tomining
yuqorigi tepaligi sohasida, Silviy suv yo‘li
tubida joy lashgan harakatlantiruvchi va qo‘shimcha vegetativ
o‘zaklardan boshlana di. Bosh miya asosidan nerv miya oyoq-
chasini medial yuzasidan chiqadi. U oldinga yo‘nalib, ko‘z ko-
sasining ustki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga
kiradi va ikki tarmoq-
qa bo‘linadi. Yuqori tarmoq sof harakatlantiruvchi bo‘lib, ust-
ki qovoqni ko‘taruvchi mushak va ko‘z ning yuqorigi to‘g‘ri
mushagini innervatsiya qiladi. Past ki tarmoq aralash. Uning
harakatlantiruv chi tolalari ko‘zining pastki va medial to‘g‘ri
mushaklarni hamda pastki qiyshiq mu shakni innervatsiya qila-
di. Avtonom tolalari pastki
tarmoq tarkibidan chiqib, qorachiq-
ni toraytiruvchi va kiprikli mushakni innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: