Anatomiya 2014. indd
Po‘stloqning assotsiativ sohalari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limbik tizim
Po‘stloqning assotsiativ sohalari. Bu sohalar na sezgi a’zola-
ri, na mushaklar bilan bog‘langan. Ular po‘stloqning turli soha- lari o‘r ta sidagi aloqani ta’minlab, po‘stloqqa kelayotgan impuls- larni bir butun o‘rganish holatlariga (o‘qish, so‘zlash, yozish), fikrlash, eslab qolish to‘playdi va maqsadga yo‘naltirilgan ahloq reaksiyalarini ta’minlaydi. Assotsiativ sohalar buzilganida bila olmaslik – agnoziya va o‘r ganilgan harakatlarni qila olmaslik – apraksiya ro‘y beradi. Savodli bo‘lgan bemor, yozilgan narsani o‘qiy olmasligi, tanish odamni faqatgina u so‘zla ganidan keyin tanishi mumkin. Po‘stlo- 457 qni eshitish sohasi jarohatlanganda eshitish agnoziyasi roy berib, odam eshita di, ammo so‘zlarni ma’nosini tushunmaydi. Assotsia- tiv so‘zlash sohalarini buzilganda afaziya – so‘z soqovligi bo‘lishi mumkin. Afaziya motor va sensor turlarda bo‘lishi mum kin. Mo- tor afaziyada bemor so‘zni tushunadi, ammo o‘zi gapira olmaydi. Agrafiyada odam yozish ni unutadi. Ukkala yarimsharning birgalikdagi faoliyatida, ularning har bi- rini ahamiyati o‘zgacha. O‘naqaylarda chap yarimsharning hara- katlantiruv chi faoliyatlari kucnli bo‘lsa, o‘ngida sezuvchi faoli- yat lar kuchli bo‘ladi. Miyaning harakat asimmetriyasi juda yaxshi bilin gan bo‘lib: o‘naqaylarda o‘ng qo‘l va oyoq harakati chapiga nisbatan kuchli, chaqqon va aniq. O‘naqaylarda chap yarimshar og‘zaki va yozma so‘zni tu- shinish ni va hosil qilishni, matematik qobiliyatni va diqqatni bo‘lish, so‘z va mantiq fikrlashni ta’minlaydi. «Savodsiz» o‘ng ya- rimsharga obraz li, aniq fikrlash xos. Limbik tizim. Limbik tizim belbog‘ pushtasi, gipokamp, bo- dom simon tana, gumbaz, tiniq to‘siqdan iborat. Ular organizm- ni ichki muhitini doimiyligini saqlashda, vegetativ faoliyatlarni boshqa rishda, hissiyot va motivayatsiyani hosil qilishda ishtirok etadi. Bu tizimni yana, «visseral miya» deb ham ataladi. Unga ichki a’zolardan ma’lumotlar keladi. Limbik tizimning turli so- halarini elektr bilan ta’sirlansa, vegetativ faoliyatlar: qon bosimi, nafas, hazm a’zolarining harakati, bachadon va siydik qopi tonu- si o‘zgaradi. Limbik tizim bosh miyaning barcha qismlari, to‘rsi- mon formatsiya va gipotalamus bilan keng aloqaga ega. U barcha vegetativ faoliyatlarni: y urak-qon tomirlar, nafas, hazm, modda- lar va energiya almashinuvining po‘stloq nazoratini ta’minlaydi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling