Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l
- Bosh miya pos‘tlog‘ining fiziologiyasi
Ekstrapiramida yo‘llari. Filogenez nuqtayi nazardan ekstrapi-
ramida yo‘li piramida yo‘liga nisbatan qadimiy hisoblanadi. Eks- trapiramida tizimi ixtiyordan tashqari avtomatik harakatlarini boshqarib, mushaklar tonusini qo‘llab turadi. Ekstrapiramida ti- zimi tarkibiga dumli o‘zak, yasmiqsimon o‘zak qobig‘i, rangpar shar, qora modda, qizil o‘zak, uzunchoq miya olivasi va to‘r for- matsiya kiradi. Ekstrapiramida tizimi tarkibiga kiruvchi bazal o‘zaklarning nerv tolalari ularni o‘zaro bog‘lab qolmay, bosh miya po‘stlog‘i va orqa miya bilan ham bog‘laydi. Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l (monakov yo‘li) asosiy ekstrapiramida yo‘li bo‘lib, ixtiyordan tashqari avtomatik harakat- larni bosh qaradi. I neyron o‘rta miyaning qizil o‘zagi hujayralari. Ularning ak- sonlari o‘rta miyaning qopqoq sohasida Forel kesishmasini ho- sil qilib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. So‘ng lateral tomonga og‘ib, ko‘prik va uzunchoq miyaning to‘rsimon formatsiyasidan o‘tib, orqa miyaning yon tizimchasiga yo‘naladi. Yon tizimcha- da po‘stloq – orqa miya lateral yo‘lidan biroz oldinroq joylashib, shu tomondagi oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari- da tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari. Ularning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarki- bida mu shaklarga boradi. Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l faoliyat jihatidan miyacha, oraliq miya va yarimsharlarning ba- zal o‘zaklari bilan bog‘langan. Bu yo‘l orqali bazal o‘zaklar orqa miyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘lning bir qismi tolalari uch shoxli va yuz nervlarining harakat o‘zaklariga yo‘naladi. 456 Bosh miya pos‘tlog‘ining fiziologiyasi Bosh miya po‘stlog‘ining faoliyati miya so‘g‘oni va orqa miya faoliyatidan farq qiladi va oliy nerv faoliyati deb ajratiladi. Bu ter- minni I.P. Pavlov kiritgan. Oliy nerv faoliyati deganda – u ahloq, organizmni tash qi muhit o‘zgarishiga moslashish, o‘zini o‘ragan muhitga teng lashish faoliyatini tushungan. Oxirgi miya organizm- ning aqliy faoliyati, fikrlash a’zosidir. I.P. Pavlovning bosh miya yarimsharlari faoliyatini o‘rganish- dagi yutuq lari, po‘stloq faoliyatining reflektor tabiatini va faqat unga xos bo‘lgan shartli reflekslarni ochib berishi bilan bog‘liq. Bosh miya yarimsharlarining faoliyati mexanizmini ochib I.P. Pav- lov, uning vazifalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan usul – shartli reflekslar usulini yaratdi. Shartli ref lekslar odamning ahloqini ho- sil qiluvchi elementar holatlardan iborat. Bosh miya yarimsharlarida faoliyatlarning joylashuvini o‘rga- nish uchun turli usullar: po‘stloqni qisman olib tashlash, ele ktr va kimyoviy ta’sirlash, miyaning biotoklarini yozish va shartli ref- lekslar usuli qo‘laniladi. Bosh miya po‘stlog‘ini ta’sirlash usuli bilan harakatlantiruvchi, sezuvchi (sensor) va assotsiativ sohalar aniqlangan. Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ni harakatlantiruvchi soha- larini ta’sirlaganda harakat paydo bo‘ladi. Po‘stloqdagi harakat- lantiruvchi sohalarning kattaligi mushaklar massasiga proporsio- nal bo‘lmay, harakatning aniqligiga bog‘liq. Hayvonlarda po‘stloqning turli qismlarini olib tashlash sezuv- chi (sensor) faoliyatlarni joylashishini o‘rganishga yordam berdi. Terining ayrim qismlarining proyeksiyasini po‘stloqdagi sohasini katta-kichikligi shu qismning faoliyatiga bog‘liq. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling