Anatomiya 2014. indd
Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining bioelektrik faolligi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining bioelektrik faolligi.
Bosh miya po‘stlog‘ining elektr potensiallarini tebranishi bi- rinchi marta 1914-yilda V.V. Pravdich-Neminkiy tomonidan yozil gan. Hozirgi vaqtda po‘stloqning elektr potensiallarini tebra- nishini o‘rganish fiziologiya va klinikada bosh miyani tekshirish- da keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib qoldi. Po‘stloqning elektr potensiallari ni tebranishini elektroensifalograf yordamida yozib olinadi. Y ozib olingan egri chiziq elektroensifalogramma (EEG) deyiladi. Odam da elektr potensiallari, odatda, boshning sochli qismiga mustahkamlangan elektrodlar yordamida qayd qilinadi. Bunda elektrod ostida yotgan po‘stloqning o‘n minglab neyro- 458 nining faolligi yig‘indisini o‘tkazib beradi. Odatda, biotok larni miyaning birqancha simmetrik sohalaridan: peshona, tepa, en- sa bo‘laklaridan olinadi. EEG da turli chastotadagi va kattalikda- gi (amplituda) to‘lqinlar tafovut qilinadi. Bir sekundda tebranish chastotasi bo‘yicha: eng sekin delta to‘lqinlar 0,5–3,5 1 sekund- da; beta to‘lqinlar 4–7; alfa to‘lqinlar 8–13. To‘lqin chastotasi qancha ko‘p bo‘lsa, ularning kattaligi shuncha kam bo‘ladi. Shun- ga ko‘ra eng mayda beta to‘lqinlar bo‘lsa, delta to‘lqinlar eng kat- tasi bo‘ladi. EEG tahlil qilinganda, qayd etilgan elektr tebranish- larni chastotasi, kattaligi, shakli va davomliligi hisobga olinadi. EEGda miyaning holati va qayd qilinayotgan sohaga qarab, u y oki bu ritm ko‘proq bo‘lagida. Xotirjam va ko‘zlari yumilgan ho- latdagi odamning ensa bo‘laklaridan tebranish chastotasi 1 sekun- da 8–13 tafovut qilinadi, bo‘lgan alfa ritmi qayd qilinadi. Ko‘zla- ri ochilsa yoki aqliy faoliyat boshlansa, alfa ritm yo‘qolib, beta ritm paydo bo‘ladi. Uxlagan vaqtda to‘lqinlar sekin va yuqori bo‘lib, delta-ritm hukm ronlik qiladi. Goho uyqu vaqtida tush ko‘rganda miyaning faol ligi oshadi, alfa va beta ritmlar qayd qilinadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling