Anatomiya 2014. indd
Efferent o‘tkazuv yo‘llari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Po‘stloq-orqa miya (piramida) yo‘li.
Efferent o‘tkazuv yo‘llari bosh miyaning turli markazlaridan
harakat va sekretor a’zolarga impulslarni olib boradi. Barcha ef- ferent yo‘llar bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining pirami da hujayralaridan boshlanuvchi piramida yo‘llariga va bazal o‘zak- lardan boshlanuvchi ekstrapiramida yo‘llariga bo‘linadi. Effe- rent o‘tkazuv yo‘llari ikki neyrondan iborat. Ular qisqa va uzun yo‘llarga bo‘linadi. Qisqa efferent o‘tkazuv yo‘l lar yarimsharlar po‘stlog‘i bilan bosh miyaning bazal o‘zaklari va so‘g‘on qismla- rini bog‘lab turadi. Uzun efferent yo‘llarga bosh miya po‘stlog‘i hujayralari va ekstrapiramida tizimi o‘zaklaridan boshlanib, bosh miya pog‘ona- si va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yo‘lla- ri kiradi. 1. Po‘stloq-orqa miya (piramida) yo‘li. I neyron miya po‘stloqning harakat zonasi markaz oldi push- tasi, markaz yon bo‘lagi va peshona pushtalarining orqa qismi po‘stlog‘ining beshinchi qavatida joylashgan yirik piramida hu- jayralardan iborat. Ularning aksonlari ichki g‘ilofning orqa oyoq- chasining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. So‘ngra po‘stloq-orqa miya yo‘li miya oyoqchasi asosining o‘rtasi, ko‘prikning ventral qis- mi va uzunchoq miyaning piramidasidan o‘tadi. Uzunchoq miya- ning pastki qismida orqa miyaga kirishdan oldin piramida yo‘li ikki dastaga bo‘linadi. Katta qismi tolalari kesishib piramida ke- sishmasini hosil qiladi. Qolgan qismi kesishmasdan orqa miyaga o‘tib ketadi. a) kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga o‘tib, po‘stloq-orqa miya lateral yo‘lini hosil qiladi va shu tomondagi oldingi shoxda tugaydi. 454 II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari. Ular- ning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarkibi da skelet mu shaklariga boradi. Po‘stloq-orqa miya lateral yo‘li aso- san qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi. b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga o‘tib oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l bo‘- yin va ko‘k rak qismlarda har bir segmentda kesishib, qarama- qarshi tomondagi oldingi shoxga o‘tib, harakatlantiruvchi hujay- ralarda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari ak- sonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklarga boradi. Pirami- da yo‘li po‘stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat im- pulslarini o‘tkazadi. Piramida yo‘li targ‘il tana, ko‘prik va to‘r formatsiya hujayralari bilan bog‘langan. To‘r formatsiya ixtiyoriy harakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Barcha po‘stloq orqa miya yo‘li kesishgan bo‘lib, har bir yarim sharning po‘stlog‘i qarama-qarshi tomon mushaklari fao- liyatini boshqaradi. II. Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘l. I neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi po‘stlog‘ini V qavati piramida hujayralari, ularning aksonlari ichki g‘ilofning tizzasi, miya oyoq chalarining asosidan o‘tadi. Yo‘lning bir qismi kesishib, Silviy suv yo‘li atrofidagi ko‘zni harakatlantiruvchi va g‘altak nervi o‘zaklarida tugaydi. Shu nervlar o‘zaklari hujayralari ikkinchi neyronni hosil qilib, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tar- kibida ko‘zning ustki, pastki, ichki to‘g‘ri, pastki qiyshiq va yu- qori qovoqni ko‘taruvchi mushaklarga, g‘altak nervi tarkibida esa ko‘zning yuqorigi qiyshiq mushagiga boradi. Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning ikkinchi qismi ko‘prik sohasida kesishib, V, VI, VII juft bosh miya nervlar- ning harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zaklar hujayra- laridan boshlangan ikkinchi neyron uch shoxli nerv tarkibida me- dial va lateral qanotsimon, chakka, chaynov, jag‘-til osti, tanglay chodirini hamda nog‘ora pardani taranglovchi mushaklarga va ik- ki qorinchali mushakning oldingi qorinchasiga boradi. Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko‘zning lateral to‘g‘ri musha- giga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinchali mushakning orqa qorin- chasini, bigiz-til, uzangi mushagi va mimika mushaklari, shuning- dek, bo‘yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi. 455 Po‘stloq bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning uchin- chi qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Ikkinchi neyron shu o‘zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yut- qin nervi tarkibida bigizsimon-halqum mushagiga, adashgan nerv tarkibida halqum, yumshoq tanglay, hiqildoq va qizilo‘ngach ning yuqori qismi, qo‘shimcha nerv tarkibida trapetsiyasimon, to‘sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon, til osti nervi tarkibida til mushaklariga boradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling