Anatomiya 2014. indd
-rasm. O‘ng chanoq-son bo‘g‘imi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
55-rasm. O‘ng chanoq-son bo‘g‘imi.
Sagittal kesmasi: 1–chanoq suyagi; 2–bo‘g‘im tog‘ayi; 3–bo‘g‘im bo‘shlig‘i; 4–son suyagi boshchasidagi boylam; 5–quymich kosachasining ko‘ndalang boy- lami; 6–bo‘g‘im xaltasi; 7–aylanma belbog‘ boy- lami; 8–son suyagining bo‘yinchasi; 9–son suyagi- ning boshchasi; 10–quymich kosasining labi. 110 gining boshchasidagi boylamidir. Bu boylam orqali chanoq suya- gidan son suyagining boshchasiga arteriya o‘tib, uni oziqlantira- di. Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi chanoq suyagining quymich kosachasi chekkasi bo‘ylab biriksa, son suyagining old tomoni- da ko‘stlararo chiziq bo‘ylab, orqa tomonda esa ko‘stlararo qirra- dan ichkariroqqa birikadi. Bo‘g‘im xaltasini tash qi tomondan uch- ta boylam mustahkamlab turadi. Ulaming eng kuchlisi yonbosh- son boylami bo‘lib, bo‘g‘imning old tomonida yotadi. Bu boylam yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘ining oldingi chek- kasidan boshlanib pastga yo‘naladi va ko‘stlararo chiziqqa birika- di. Qov-son boylami uchburchak shaklida bo‘lib, uning keng aso- si qov suyagining ustki shoxidan boshlanib, uchi ko‘stlararo chizi- qning ichki chekkasiga birikadi. Quymich-son boylami nisbatan yup qa bo‘lib bo‘g‘imning orqa yuzasida joylashgan. U quymich suyagi tanasidan bosh lanib, katta ko‘stga birikadi. Bundan tashqa- ri son suyagining bo‘ynini sirtmoq kabi o‘rab, yonbosh suyagining oldingi pastki o‘sig‘iga birikuvchi aylanma belbog‘ boylami ham bor. Chanoq-son bo‘g‘imida harakat uch o‘q atrofida sodir bo‘lsa- da, sharsimon bo‘g‘imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal o‘q atrofida chanoq-son bo‘g‘imida son bukiladi va yoziladi, sagittal o‘q atrofida son bir-biridan uzoq lashadi va yaqinlashadi. Verti- kal o‘q atrofida esa son ichkariga va tashqariga buriladi va aylan- ma harakat sodir bo‘ladi. Chanoq-son bo‘g‘imida harakatni che- garalashda, uning atrofida joylash gan kuchli mushak guruhlarining ahamiyati katta. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling