Anatomiya 2014. indd


late- ral to‘piq bilan oshiq suyagining orqa o‘simtasi o‘rtasida tortil- gan orqa kichik boldir-oshiq


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   422
Bog'liq
True

 late-
ral to‘piq bilan oshiq suyagining orqa o‘simtasi o‘rtasida tortil-
gan orqa kichik boldir-oshiq
 va lateral to‘piq bilan tovon suyagi-
ning tash qi yuzasi o‘rtasida tortilgan tovon-kichik boldir boylami-
dir.
 Boldir-oyoq panja bo‘g‘imi bir o‘qli bo‘g‘imlar guruhiga kirib
harakat faqat frontal o‘q atrofida sodir bo‘lib, bir o‘q atrofida bu-
kish va yozish mumkin.
Kaft usti soha suyaklari o‘rtasida oshiq osti, oshiq-tovon-qa-
yiq simon, tovon-kubsimon, oyoq panjasining kaft usti ko‘nda-
lang bo‘g‘imi, ponasimon-qayiqsimon va oyoqning kaft usti-kaft 
bo‘g‘imlari tafovut qilinadi. Bu bo‘g‘imlarning bo‘g‘im xaltasi 
oyoq panjasining kaft va ust tomonida joylashgan qisqa boylamlar 
bilan mustahkamlanadi.
Tovon-kubsimon va oshiq qayiqsimon bo‘g‘imlari birgalikda 
oyoq kaftining kaft usti ko‘ndalang bo‘g‘imi yoki shopar bo‘g‘imi 
deb ataladi va jarrohlik amaliyotida katta ahamiyatga ega. Bu ik-
kala bo‘g‘im bo‘shlig‘i oldinma-keyin joylashgani uchun ko‘n-
dalang turgan lotincha S shaklida bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarni mustah-
kamlovchi boylam lardan tashqari ularning ikkalasi uchun umu-
miy bo‘lgan ayrisimon boylam bor. U tovon suyagining yuqori 
chekkasidan boshlanib, ikkiga: qayiqsimon suyakning orqa late-


114
ral chekkasiga birikadigan tovon-qayiqsimon va kubsimon suyak-
ni ustki yuzasiga birikadigan tovon-kubsimon boylamga bo‘lina-
di. Bu boylamni kesmasdan turib shopar bo‘g‘imini ajratish qiyin, 
shuning uchun uni shopar bo‘g‘imi kaliti deyiladi.
Oyoqning kaft ustu-kaft bo‘g‘imlari (lisfrank bo‘g‘imi) kubsi-
mon va ponasimon suyaklarning kaft suyaklari bilan birlashishidan 
hosil bo‘ladi. U uchta alohida bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, birinchi-
si medial ponasimon va I kaft suyagi o‘rtasidagi alohida bo‘g‘im 
xaltasi bilan o‘ralgan egarsimon bo‘g‘im. Ikkinchi bo‘g‘im oraliq-
dagi va lateral ponasimon suyaklar bilan II ва III kaft suyakla-
ri o‘rtasidagi ikkita bo‘g‘im bitta bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. 
Uchinchi bo‘g‘im kubsimon suyak bilan IV va V kaft suyaklari 
o‘rtasida joylashgan. Bu ikki bo‘g‘im ham bitta bo‘g‘im xaltasi bi-
lan o‘ralgan. Bo‘g‘im xaltasi ust ki va oyoq kaftidagi kaft usti-kaft 
boylamlari hamda ponasimon va kaft suyaklariaro boylamlar
 bilan 
mustahkamlanadi. Bu boylamlardan medial ponasimon suyak bi-
lan II kaft suyagi o‘rtasidagisi amaliyotda ahamiyatga ega bo‘lgani 
uchun lisfrank bo‘g‘imi kaliti deyiladi. Kaft oldi-kaft bo‘g‘imlari 
yassi bo‘g‘im turiga kirsa ham, harakat juda chegaralangan.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling