Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
64-rasm. Ponasimon
suyak. Old tomondan ko‘rinishi: 1–ko‘z kosasiga qaragan yuza; 2–kichik qanot; 3–ponasimon bo‘shliq teshigi; 4–egarning suyanchig‘i; 5–gipofiz chuqurchasi; 6–ko‘ruv nervi kanali; 7–ko‘z kosasining ustki yorig‘i; 8–katta qanot; 9–chakka osti qirrasi; 10–ponasimon suyakning o‘tkir qirrasi; 11–qanotsimon o‘siq kanali; 12–ponasimon suyak tumshug‘i; 13–ponasimon suyak qirrasi; 14–qanot- simon o‘simtaning medial plastinkasi; 15–qanotsimon o‘simtaning lateral plastinkasi; 16–qanotsimon o‘simta; 17–yumaloq teshik; 18–chakka yuzasi. 122 g‘alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasiga birikib ketadi. Qirraning yon tomonlarida noto‘g‘ri shakldagi ponasimon suyak chig‘anog‘i bo‘lib, ikki tomonida joylashgan ponasimon bo‘shliq teshiklarini chegaralab turadi. Ponasimon suyak tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suya- gining asos qismi bilan birikib ketadi, oldinga yo‘nalib, orqa egil- gan o‘simtalarni hosil qiladi. Suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasining egati bor; tanasining yon yuzalari katta qa- notga o‘tib ketadi. Ponasimon suyakning kichik qanoti suyak ta- nasining yon tomonlaridan ikkita ildiz hosil qilib chiqqan juft plastinka shaklida bo‘lib, ildizlar o‘rtasida ko‘ruv nervi o‘tadi- gan ko‘ruv nervi kanali yotadi. Kichik qanotning oldingi chekkasi tish lar vositasida peshona suyagining ko‘z kosasi qismi va g‘alvir- simon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi bilan birikadi. Uning orqa chekkasi erkin bo‘lib, medial tomonda miya qattiq pardasi birikadigan oldinga egilgan o‘siqcha bo‘lib tugaydi. Kichik qanotning yuqorigi yuzasi kalla bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, pastki yuzasi ko‘z kosasining ustki devorini hosil qiladi. Katta va kichik qanotlar o‘rtasida ko‘z kosasining ustki yorig‘i bor. Ponasimon suyakning katta qanoti juft bo‘lib tananing yon yuza sidan boshlanadi. Uning to‘rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miya- ga qaragan yuzasida Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling