Anatomiya 2014. indd


hosil bo‘la- di. Pastga tomon ikkala plastinka o‘zaro qanotsimon kemtik


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   422
Bog'liq
True

 hosil bo‘la-
di. Pastga tomon ikkala plastinka o‘zaro qanotsimon kemtik
 bi-
lan ajralgan. Qanotsimon o‘simtaning medial plastinkasi nisbatan 
ingichka va uzunroq bo‘lib, uchida ilmoqsimon o‘simtasi bor.
Chakka suyagi (os temporale) bir juft bo‘lib (65-, 66-rasm), 
murakkab tuzilgan. U kallaning yon devori va asosini hosil qilish-
da ish tirok etadi, ichida eshituv va muvozanat a’zosi joylashgan. 
Chakka suyagi ensa, tepa suyakka qaragan va ponasimon suyak-
ka qaragan qirralar vositasida qo‘shni suyaklar bilan birlashadi. 
U old tomondan ponasimon, yuqoridan tepa va orqadan ensa 
suyaklari o‘rtasida joylashib, pastki jag‘ suyagi bilan bo‘g‘im hosil 
qiladi. Chakka suyagi to‘rt: palla, nog‘ora, piramida yoki toshsi-
mon qism va so‘rg‘ichsimon o‘simtadan iborat. Bular o‘zaro biri-
kib tashqi eshituv yo‘lagini hosil qiladi.
Chakka suyagining palla qismi
tashqariga qavargan plastinka 
bo‘lib, yuqori chekkasi tepa suyagi va ponasimon suyakning kat-
ta qanoti bilan tangasimon chok hosil qilib birikadi. Uning tash-
qi yuza si
silliq bo‘lib, chakka chuqurchasining hosil bo‘lishida 
65-rasm. O‘ng chakka suyagi.
Tashqi yuzasi:
1–tepa suyagiga qaragan qirra; 2–tan-
ga qismi; 3–ponasimon suyakka qa-
ragan qirra; 4–yonoq o‘simtasi; 
5–bo‘g‘im do‘mboqchasi; 6–pastki 
jag‘ chuqurchasi; 7–toshsimon-palla 
yorig‘i; 8–toshsimon-nog‘ora yorig‘i; 
9–nog‘ora qismi; 10–bigizsimon o‘si-
qcha; 11–tashqi eshituv yo‘lagi;
12–so‘rg‘ichsimon o‘simta;
13–nog‘ora-so‘rg‘ichsimon
yorig‘i; 14–so‘rg‘ichsimon o‘simta 
kemtigi;15–so‘rg‘ichsimon o‘simta teshigi; 16–yo‘l ustidagi o‘tkir o‘siqcha; 
17–tepa suyak kemtigi; 18–o‘rta chakka arteriyasining egati.


124
ish tirok etadi. Bu yuzada verti-
kal yo‘nalgan o‘rta chakka arte-
riyasi egati bor. Pallaning tashqi 
yuza sidan tashqi eshituv yo‘lagi-
dan yuqori va oldiroqdan y onoq 
o‘sim tasi chiqadi. U oldinga to-
mon yo‘nalib, yonoq suyagi 
o‘sim tasi bilan birikadi va yonoq 
ravog‘ini hosil qiladi. Bu o‘simta 
asosida pastki jag‘ suyagi do‘ngli 
o‘siqchasi bilan birlashadigan 
pastki jag‘ chuqurchasi joylash-
gan. Uni old tomondan bo‘g‘im 
do‘mboq chasi chegaralab turadi. 
Pallaning miyaga qaragan yuza-
sida
barmoqsimon botmalar va 
miya qattiq pardasi o‘rta arte-
riyasi egati joylashgan.
Chakka suyagining nog‘ora 
qismi
 uncha katta bo‘lmagan, tar-
novsimon egilgan plastinka bo‘lib, 
tashqi eshituv teshigini old, orqa 
va past tomondan o‘rab turadi. Bu 
teshik tashqi eshituv yo‘lagiga
 da-
vom etib nog‘ora bo‘shlig‘igacha 
boradi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining la-
teral devorini hosil qilgan nog‘ora 
qismi orqa tomonda nog‘ora-
so‘rg‘ichsimon yori 
g‘i vositasi-
da so‘rg‘ichsimon o‘simta bilan 
qo‘shiladi. Eshituv yo‘lini old tomonida nog‘ora qismi nog‘ora-
palla yorig‘ini hosil qilib palla bilan, tosh-nog‘ora yori g‘i vositasi-
da tosh qismi bilan birikadi.
Chakka suyagining piramidasi uch qirrali piramida shaklida 
bo‘lib, suyak moddasining qattiqligi uchun tosh qismi deb ata-
ladi. Uning ichida eshituv-muvozanat a’zosi joylashgan. Bu qism 
kallada gorizontal yotadi, asosi orqaga va lateral tomonga qara-
gan bo‘lib, so‘rg‘ichsimon o‘simtaga o‘tib ketadi. Piramidaning 
uchi erkin, oldinga va medial tomonga qaragan. Unda uchta yu-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling