Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
kalla suyagi ichidagi barmoqsimon botmalar,
miya izlarining bo‘rtmalari va arteriya egatlari bor. Katta qanot- ning tanaga yaqin joyida uchta teshik bor. Boshqalardan yuqori roq va oldinda uch shoxli nervning II shoxi o‘tadigan yumaloq teshik, qanot ning o‘rtasida uch shoxli nervning III shoxi o‘tadigan oval teshik joylash gan. Nisbatan kichkina o‘tkir qirrali teshik katta qa- notning orqa burchagida joylashib, undan miya qattiq pardasining o‘rta arteriyasi o‘tadi. Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi ko‘z kosasi- ning lateral devorini hosil qiladi. U to‘rtburchakli silliq plastinka shaklida. Yuqori jag‘ yuzasi uchburchak shaklida, qanot-tanglay chuqurchasiga qaragan bo‘lib, unga yumaloq teshik ochiladi. Chakka yuzasi keng, uni chakka osti qirrasi ikki qismga ajra- tadi. Yuqo rigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurcha- si devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. Katta qanotning qirralari qo‘shni suyaklar bilan birikadi. Qanotsimon o‘simta juft bo‘lib tanadan katta qanot boshlana- digan joydan pastga qarab vertikal yo‘nalgan. Ularning ichki yu- 123 zasi burun bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, tashqi yuzasi chakka osti chuqurchasiga qaragan. Qanotsimon o‘simtaning asosida oldindan orqaga yo‘nalgan qanotsimon kanal, uning oldingi chekkasida yuqoridan pastga to- mon qanotsimon-tanglay egati o‘tadi. Qanotsimon o‘simta ikki: medial va lateral plastinkadan iborat. Old tomonda plastinkalar birikkan. O‘sim ta plastinkalari orqa tomonda bir-biridan uzoq- lashadi va ularning o‘rtasida qanotsimon chuqurcha Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling