Anatomiya 2014. indd
Oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq falangalari orasidagi bo‘g‘im.
- BOSH SKELETI Bosh skeleti yoki kalla suyaklari
Oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar kaft
suyaklarining boshchasi bilan proksimal barmoq falangalari asosi o‘rtasida hosil bo‘ladi. Kaft suyaklarining boshchasi sharsimon shaklga ega bo‘lib, bo‘ g‘im xaltasi yupqa va erkin bo‘ladi. Bo‘g‘imni lateral va medial tomonidan yon lama boylamlar, past tomonidan esa oyoq kafti- ning boylamlari mustah kamlaydi. Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atro- fida bo‘lib, bukish va yozish hamda uncha katta bo‘lmagan ma- sofaga uzoqlashtirish va yaqinlash tirish kabi harakatlarni bajarish mumkin. Oyoq falangalari orasidagi bo‘g‘im. Shakl va faoliyat jihati- dan bu bo‘g‘imlar xuddi qo‘l kaftiga o‘xshaydi. Ular g‘altaksi- mon bo‘g‘imlar guruhiga kirib, yon tomondan yonlama boylamlar hamda oyoq kaftining boylamlari bilan mustahkamlanadi. Oyoq panjasi suyaklari qo‘l kafti suyaklariga nisbatan kam ha- rakat bo‘lib, tananing tayanch vazifasini bajarishga moslash gan. Oyoq panjasi suyaklari o‘zaro birlashib yuqoriga qaragan oyoq gumbazini hosil qiladi. Shuning uchun oyoq panjasi yerga butun kaft bilan emas balki uchta nuqta: orqada tovon suyagi do‘ngl igi, oldinda I va V kaft suyaklarining boshchasi bilan tegadi. 115 Oyoq gumbazining hosil bo‘lishida oyoq kaftining uzun boyla- mi, oyoq kaftidagi tovon-qayiqsimon boylam, kaft aponevrozlari- ning va oyoq kafti mushaklarining roli katta. Agarda bu boylamlar va mu shaklar bo‘shashib ketsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, yassi pan- ja vujudga keladi. Oyoq gumbazi amortizator vazifasini bajarib, u tana og‘irligini oyoq panjasiga bir tekis taqsimlanishida, yurgan- da, yugurganda va sakraganda tananing silkinishini kamaytirishda katta ahamiyat ga ega. BOSH SKELETI Bosh skeleti yoki kalla suyaklari (cranium) tuzilishi jihatidan skeletning eng murakkab, ahamiyati jihatidan eng kerakli qismi (58-rasm). Kalla suyaklari (pastki jag‘dan tashqari) o‘zaro choklar vositasida mustah kam birikkan. Uning ichida odam uchun zarur bo‘lgan a’zo bosh miya joylashgan. Kalla skeletining bu qismi neu- rocranium deb ataladi. Kalla suyagining ayrim qism lari sezgi a’zolarini (eshituv-muvo- zanat, ko‘ruv va hid sezuv) qoplab, ularni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Bundan tashqari kalla skeletining yuz qismi yoki vis- seral qismida ovqat hazm qilish va nafas a’zolari tizimining bosh- lang‘ich qismlari joylashgan. Yuz qismi y ana chaynov apparatiga ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov mushaklari birik- kan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab emas, balki taroqqiyoti jihatidan ham farq qiladi. Kallaning miya qismini ikkita juft: chakka va tepa suyaklari hamda to‘rtta toq: pe- shona, g‘alvirsimon, ponasimon va ensa suyaklari hosil qiladi. Kallaning yuz qismiga olti- ta juft: ustki jag‘, burun, ko‘z yoshi, yonoq, tanglay va pastki burun chig‘anog‘i, shuningdek, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling